10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja
Download 0.76 Mb.
|
kasb — копия
10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja: 1.Kasbga yo’naltirish va yuridik shaxslarni tanlash. 2.Mutaxassislarni ishga joylashtirish va ularni boshqarishda kasbga moslashish. 3.Yosh mutaxassislarning adaptatsiya jarayoni. 4.Huquqni himoya qilish organlarida xodimlarning professional rivojlanishi. 5.Mutaxassislarning shaxs sifatida rivojlanishi. 6. Mutaxassislarni psixologik tayyorlash va ularning faoliyatini boshqarish. Insonning bilim, ko’nikma va qobilyatlarini tashxis bilan bog’liq kasbga yaroqlilik darajasini baholash elementlarining paydo bo’lish tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Eramizgacha bo’lgan III ming yillikdayoq qadimgi Vavilonda mirzalar tayyorlovchi maktabda bitiruvchilar sinovdan o’tkazilib borilgan. O’sha davrlar bilim darajasidan kelib chiqilganda kasbiy tayyorgarlik ko’rgan mirza Mesopotamiya sivilizatsiyasida markaziy shaxs bo’lgan: u maydonlarni o’lchashni, mulkni bo’lishni, musiqa asboblarida mjro uslubini va ashula aytishni bilgan. Sinov davrida uning gazlamalarni, metallarni, o’simliklarning turlarini bilishi, shuningdek barcha to’rt arifmetik amallarni bajara olish ko’nikmalari tekshirib ko’rilgan. Qadimiy Misrda kasbni egallashga da’vogarlar suhbatdan o’tkazilib, uning tarjimai holi, bilim saviyasi, tashqi ko’rinishi hamda suhbatni olib borish qobiliyatlari aniqlangan. So’ngra mehnat qilish, eshitish sukut saqlash qobiliyatlari olov, suv va o’lim bilan qo’rqitish vositasida sinab ko’rilgan. Aytishlaricha, sinab ko’rish va tanlovdan o’tkazishning bunday jiddiy tizimini o’tmishning buyuk allomasi Pifagor o’z boshidan o’tkazgan. O’qishdan so’ng Gretsiyaga qaytgach, u o’zi bosib o’tgan sinovlar tizimi asosida talabalar tanlab olinuvchi maktab ochgan. Pifagar intellektual qobiliyatlarga asosiy e’tiborni qaratgan va badiiy qilib aytganda “har qanday yogochdan ham merkuriyni yo’nib bo’lmaydi”-deb hisoblagan. SHuningdek, u yosh insonlarningo’zini tutishiga ham alohida e’tiborini qaratgan va uni inson xarakterida namoyon bo’luvchi asosiy ko’rsatkichlar deb sanagan. Pifagor o’qituvchilar va ota-onalar tavsiyalariga e’tibor bilan karagan, har bir yangi talabani sinchiqlab kuzatib borgan. SHundan so’ng unio’z fikrini erkin ifodalashga va suhbatdoshlar bilan baxslashishga o’rgatgan. Eramizgacha bo’lgan ming yillikda Xitoyda xukumat amaldori kasbi va mansabi keng tarqalgan. Mos ravishda ushbu kasbga tanlashdagi dastlabki elementlar ham shu erningo’zida yuzaga kelgan. Bunday kasbni egallashga jazm etgan yoshlar tantanavorlik ruhi bilan sugorilgan muhitda davlat imtixonlari topshirgan. Imtixon savollarini ko’pchilik holatlarda imperatoro’zi belgilagan, hamo’zi sinovdan o’tkazgan va da’vogarlarni saralash ko’p bosqichli usulda amalga oshirilgan. Sparta, Afina, Rimning qadimiy tarixida boshqa misollarni kurish mumkin. Spartada jangchilarni, Rimda gladiatorlarni tayyorlashning mukammal tizimi yaratilgan va mavvafakiyatli amalga oshirilgan. “Odamlar-deb yozgan edi Aflotun-bir birlariga u darajada uxshash bo’lib tug’ilmaydilar, ularning tabiati va kobiliyatlari turlicha bo’ladi…” SHu sababli barcha vazifalarni amalga oshirishdao’z tabiiy qobiliyatlariga mos ravishdagi yumushlar tanlaganda uni yaxshirok, tez va ko’proq darajada amalga oshirish mumkin bo’ladi. Aflotunning “Davlatchilik” asarida qanday amaldorni tanlash kerak degan savoliga Sukrot quyidagicha javob beradi: “Eng ishonchli, jasur va imkoniyatlari kengrok bo’lgan shaxslarga ko’proq e’tiborni qaratish, bundan tashqari nafaqat oliy tabakadagi yuqori ma’naviyatli insonlarni, balki shu darajadagi tarbiya berishga loyik odamlarni ham topish lozim. Ular bilimlarini tez qabul kila olishlari hamda tez fikrlay olishlari…mustahkam xotirali,o’z fikrida qa’tiy turuvchi va barcha munosabatlarda mehnatkash insonlarni topish lozim”. Eramizgacha bo’lgan 900 va 600 yillar oraligidagi xind vodiylarida zaragarlik, temirchilar, arkonsozlar, to’quvchilar, buyokchilar, duradgorlar, kulollar, uy xizmatchilarining turli toifalilari, akrobatlar, folbinlar, naychilar, rakkoslar kasb sifatida sanab utilgan. Yana shuningdek aktyorlar, sudxurlar va savdogarlar ham mavjud bo’lgan. Bunday ma’lumotlar ko’p bo’lib, ularning barchasi bugungi kunda kasbiy tashxis qilishyoki kasb tanlash deb ataluvchi tushunchalarning kadimdan shakillanganligini bildiradi. Shaxs xislatlarini ilmiy tadqiq qilishning asoschisi F.Galton hisoblanadi. Bu turdagi tadqiqotlar maqsadini amalga oshirish uchun u Londonda o’tkazilgan tibbiyot jihozlari va soglikni saqlash uslublari (1884) Xalqaro kurgazmasidan foydalanadi. Kurgazmaga keluvchilaro’z jismoniy qobiliyatlari hamda fiziologik imkoniyatlarini 17 ta ko’rsatkich bo’yicha sinab kurishlari mumkin bo’lgan. Bular ichida inson buyi, tanasi ogirligi, panja va zarb kuchi, xotirasi, ranglarni ajrata olishi, kurish utkirligi va boshqalar bo’lgan. Tulik dastur bo’yicha 9237 kishi kurikdan o’tkazilgan. 1908 yilning yanvarida Boston shaxrida, yuqorida ta’kidlaganimizdek usmirlargao’z hayotiy mehnat yulini tanlashiga yordam beruvchi yoshlarni kasbga yo’naltirisho’z ishini boshlagan. Bu byuro faoliyatini kasbga yo’naltirish ishlarining asosi sifatida qabul qilingan. Keyinchalik shu turdagi byuro Nyu-Yorkda ham tashkil etildi. Uning vazifalari qatoriga insonlarning turli kasblarni egallashida qo’yiladigan talablar, maktab o’quvchilari qobiliyatlarini chuquroq o’rganish kabilar kirgan. By ishini o’qituvchilar bilan hamkorlikda test va anketalarda foydalanilgan holda olib borilgan. Shu davrda Angliyada maxsus vazirlik ruhsati bilan 17 yoshdan kichiq bo’lgan o’quvchilarning kasb tanlashiga maslahat yoki ko’proq amaliy harakterdagi ma’lumotlar bilan yordam ko’rsatuvchi muassasalar ochish yulga qo’yilgan. Bu erda 1911 yilda mehnat birjalari hamda ta’lim muassasalari hamkorligidagi ishini muofiqlashtiruvchi maxsus axborotnoma chop qilishyulga qo’yilgan. 1922 yilda Germaniyada kasbga yo’naltirish va maslahat to’g’risidagi qonunl qabul qilishda va shu asosida ushbu tizimni amalga oshirish me’zonlarini ifodalovchi Nizom tasdiqlandi. Rossiyada kasbga yo’naltirish ishlari XX asrning dastlabki yillarida amalga oshira boshlandi. Maskvadagi o’qituvchilar uyining Pedagogika muzeyida turli tipdagi maktablar o’quvchilarining kasb tanlashiga oid qator izlanishi olib boriladi. Bunda asosiy e’tibor qaysi kasblarning ko’proq talabga ega ekanligi, ularni tanlashda o’quvchilarning qanday sabablarga asoslanishini tadqiq qilishga qaratildi. 1927 yilda Leningradda tashkil etilgan kasbiy maslahat byurosida amaliy tadqiqotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar ham olib borilgan. Kasbga yo’naltirish ishlarining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishga P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko kabi atoqli rus olimlari muhim xissa qo’shganlar. Ular o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarining psixologik-pedagogik asoslarini yaratish uning keyingi taraqqiyoti uchun sharoit yaratib berdilar. Kasbga yo’naltirish ishlari poletexnik ta’lim, mehnat ta’limi va tarbiyasi bilan uzviy aloqaldorlikda olib borildi. 30-yillarning boshlarida kasbiy maslahat va kasbga yo’naltirish Markaziy laboratoriyasi faol tashkiliy ishlarni olib bordi, 1932 yilga kelib bu turdagi byurolar soni 54 taga etkazildi. Biroq bu davrdagi kasbga yo’naltirish ishlari taraqqiyotiga o’quvchilar mehnat ta’limiga bo’lgan e’tiborini susayib borishi salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mehnat ta’limining bekor qilinishi kasbga yo’naltirish ishlarining to’xtatib qolishiga olib keldi. 50-yillarning boshlarida kasbga yo’naltirishga bo’lgan e’tibor osha boshladi va ma’lum darajadagi tashkiliy-uslubiy yondoshuv yuzaga keldi. SHundan keyingi davrlarda o’quvchilarning qiziqishlari va xalq xo’jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kasbga yo’naltirish ishlari besh yillik rejalar asosida tashkillashtirib borildi. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgan yildan boshlab ta’lim tizmida tub o’zgarishlar ro’y bermoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi natijasida xalq xo’jaligining malakali mutaxasis kadrlar bilan ta’minlash tizimi yaratilmoqda. Yuqorida qisqacha xronologik tarzda keltirilgan ma’lumotlarning o’zi ham yoshlarning kasbga yo’naltirishning ahamiyati nechog’li balandligini ko’rsatib turibdi. 2.Kasbga yo’naltirish ishlariga qo’yiladigan talablar. Kasbga yo’naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy-amaliy tizimi sifatida karash lozim. U har bir shaxsning ham individual xususiyatlarini ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuktai nazaridan mehnat resurslarini tulakonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Vazirlar Maxkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida”gi 1998 yil 14 may №204 qarorining qabul qilinishi yoshlarning majburiy ixtiyoriy ta’limini puxta o’zlashtirishlarida va uni ishlab chiqarish amaliyoti bilan yanada mustahkamlashlarida muhim ahamiyatga egadir. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling