10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja
Download 0.76 Mb.
|
kasb — копия
Ma’ruzalar matni
Reja:
1.Mеhnat psiхоlоgiyasining vazifalari va muammоlari. 2.Mеhnat psiхоlоgiyasining mеtоdоlоgik asоslari. 3.Mеhnat psiхоlоgiyasining mеtоdlari. 4.Faоliyat mahsulini tahlil qilish mеtоdi. 5.Хrоnоmеtraj mеtоdi. 6. Kuzatish mеtоdi. 7.Tеst mеtоdi. Mexnat exspertizasi, odamning qobilyati va uning u yoki boshqa kasb talablariga mos kelishini nima qiladi? prognos qiladi. yo`li bilan,shu odamni qaysi ishda muvaffaqiyatli qo`llash masalasini yechib, shu vaqitning o`zida buning bilan birga kasibga yo`naltirishga mazmunan kirib ketadigan o`zining asosiy vazifalarini xam yechadi. Kasbga yo`naltirish-bu ilmiy asoslangan va o`zini kasbini jamiyat extiyojlari sifatida,shuningdek o`zini qiziqish va qobiliyatlarini xisobga olish turg`un tanlash uchun xayotga kirayotgan odamlarga yordam beradigan psixoloq-pedogoq, tibbiyot va davlat tadbirlari tizimidir. Bu tadbirlar jamiyat va shaxs qiziqishlarini umumlashtiradi. Kasbga yo`naltirish tizimi xar bir o`zining vazifalariga va yechish metodlariga ega bo`lgan sistemachalar va boshqichlardan iboratdir. Butunligicha u maktab imkoniyati va vazifalari chegarasidan chiqib ketadi, umumdavlat tadbirlariga aylanib, qator boshqa ishtirokchilarning qo`shilishini talab qiladi. Bular kasb-xunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo`jaligi, transport va aloqa tizimi, kasbga yo`naltirish shaxs uchun idividual, shuningdek jamiyat uchun axamiyatga egadir.
Kasibga moslashish. Uning asosiy bosqichlari va moxiyati O`quvchilarni kasbga yo`naltirishda xal qiluvchi bosqich uning tanlagan kasbiga doimiy kirishi borishidir. Shundan, qanchalik yengil yoki qiyin tez yoki sekin odam ishlab chiqarish ishini o`zlashtiradi, korxonada odamlar bilan, uning yangi ro`li bilan endi o`quvchi emas balki ixtisosli ishchi sifatida munosabatda bo`lishiga qarab, uning keyingi mexnat faoliyati va o`zining ishiga munosabati shakillanadi. Buning hammasi ahamiyatli darajada kasbga moslashish jarayonini to`g`ri tashkil qilish bilan aniqlanadi. Kasbga yo`naltirish tizimida kasbga moslashish talablarini xisobga olish oxirgi xisobda kasb tanlash turg`unligini aniqlaydi. Kasbga moslashish – bu yosh odamning kasb mexnatiga doimiy kirib borishi, o`quvchining malakali ishchiga aylanish bosqichidir. Kasbga moslashish ikki bosqichga ega. Tayyorgarlik va bevositalik. Tayyorgarlik bosqichi kasbga o`qitish jarayonida amalga oshiriladi. (qisman, ishlab chiqarish amaliyotida) kasbni o`zlashtirish bosqichi davomida o`quvchilar umumtexnika va maxsus predmetlarni o`rganishida, o`quv ustaxonalarida kankret ko`nikmalarini egallaydilar. Nazariy asoslarni va kasb ko`nikmalarini egallash o`quv guruxlarida o`qituvchi va masterlar bilan muloqotda amalga oshiriladi. Shuning uchun kasbga moslashishi bu bosqichda biyologik moslashishi elementlarini organizimning ishlab chiqarish muxitiga va mexnat rejimiga moslashish sifatida va shuningdek ijtimoiy psixologik – yangi kishining o`quv guruxidagi o`zaro munosabatlar sistemasiga moslashish dek biriktiriladi. O`quvchilarning muvaffakiyatlari va yutqizishlariga qarab, shuningdek uning guruxning boshqa a’zolari vao`qituvchi bilan, master bilan o`zaro munosabatlari shakinlashiga bog`liq ravishda o`quv predmetlariga va ishlab chiqarish mashiqlariga qiziqish yoki oshadi yoki yo`qoladi. Buning xammasi asosan pedogoglar va mastelarning o`quvchilarning muvaffakiyatlari va yutqizishlariga, ularning psixik xolatlariga va qanchalik ularni boshqarib bilishiga bog`liqdir. Kasbga moslashishning asosiy bosqichi bevosita ishlab chiqarishida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida ishchi o`rnida o`quvchining o`zini shuningdek ishchi deb sezishda, atrofdagilar esa uning zvezno a’zosi brigada, sex a’zosi deb bilishida boshlanadi. Atrofdagi kishilar bilan o`zining ishlab chiqarish ko`nikmalarining tengligi va teng bo`lmaslik xolatlarini va ularning o`ziga bo`lgan munosabatini anglashi bu bosqichda kasbga moslashish jaroyonini og`irlashtirib yuboradi. Bu bosqichda kasbga moslashishning muvaffakiyat yoki muvaffakiyatsizligi uchta sharoitga bog`liq: 1). Kasb xunar qo`lledjlari o`qituvchilari va mosterlari, o`quvchilarni ishlab chiqarishdagi ishga o`zlarining ixtisosligi bo`yicha nazari bilimlarga munosabatda, ishlab chiqarish malaka va ko`nikmalariga munosabatda qanday tayorlashadi va o`zlashtirilgan ixtisoslik bo`yicha korxonada ishlash xoxishi va kasbga qiziqish bo`ladi. 2). Ishlab chiqarishda o`quvchida uning ishchi ustozi bilan qanday shaxslararo munosabatlar shakillanadi va bu o`zaro munbosabatlar ishlab chiqarish amaliyoti davrida ishchi o`rnida o`quvchining ishlab chiqarish muvaffakiyatlari qanday ta’sir qiladi va kasb xunar ko`llejini tugatgandan keyin mustaqil ishiga qanday ta’sir qiladi. 3). O`quvchi qanday ishchi jamoasiga tushadi va uni jamoaning teng xuquqli butun a’zosi qilib qabul qiladimi yoki zveno hamda brigadaning ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini pasaytiruvchi baxtsiz kishi dek qabul qiladimi. Shunga bog`liq ravishda uning ishchi jamoa bilan munosabatlari o`rnatiladi, xamda natijada-kasibga moslashish muvaffakiyati yoki muvaffakiyatsizligi ko`rinadi. Ishlab chiqarishda master va xarqanday raxbar ijtimoiy – psixologik moslashishi jarayoni qanda o`tayotganini bilish uchun bu jarayon o`zida nimani kasib etadi va uning rivojlanishi ko`rsatkichi nima bo`lishi mumkinligini bilishi zarur. Ishlab chiqarishda yangi kishining ijtimoiy-psix0ologig moslashish jarayonida bilish, emostional va amaliy jixatlar ajratiladi. Ijtimoiy-psixologik moslashishining bilim jixatlari shundaki mexnat faoliyati jarayonida ishlab chiqartish guruxi boshqa a’zolari bilan muloqot va o`zaro ta’sir jarayonida yangi kishi doimo o`zini ishchi guruhi xaqida rang-barang malumotlar oladi: 1). Guruh ahloqi va qadiriyatlari xaqida; 2). Guruhda ishchi va shahsiy o`zaro munosabatlar sistemasi xaqida; 3). Aloxida guruh a’zolarining o`zaro munosabatlari tuzilishida ijtimoiy-psixologik mavqyei xaqida; 4). Guruh liderlari, ularning qadryat yo`nalishlari va ularga guruxni munosabati xaqida. 5). Ishchi guruhida rasmiy raxbarning egallagan mavqyei va unga guruhning munosabati xaqiga. Ijtimoiy – psixologik moslashishning bilish jixatlari bilan birga uning amaliy jixatlari rivojlanadi. Yangi kishiga yangi jamoada birinchi kunlardagi xayotidan boshlab guruhning real ijtimoiy xayotida guruh bilan va uning aloxida a’zolari bilan gurhdan obyektiv o`zaro munosabatlar sistemasida munosabatga kirishish zarur bo`ladi. Yangi kishining gurhning ijtimoiy xayotiga kirib borish faolligiga bog`liq ravishda shaxsning guruh bilan yaqinlashish jarayoni bo`lib o`tadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling