10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja
-ilоva Ma’ruzalar matni
Download 0.76 Mb.
|
kasb — копия
1-ilоva
Ma’ruzalar matni. Reja:
2.Psixologik mehnat ekspertizasi va uning vazifalari 3.kasbga yo`naltrish sistemasi tuzilishi va maqsad vazifalari 4.kasbga moslashish , uning asosiy bosqichlari va mohiyati Professiografiya- bu inson oldiga qo`yiladigan talablar nuqtai nazardan kasb va uni differensiallashtirdiganixtisosliklarning ko`rsatilishidir.Professiografiyaning natijasi professiogramma. Professiogramma. Bu aniq ixtisoslik kasb yoki ular guruhlarining inson oldoga qo`yadigan talablari sistemasi ko`rstilishi va asoslanishidir. Professiogramma. Bir qismi ni psixologik professiogramma tashkil qiladi, hamda bir qismini psixogramma tashkil qiladi.Psixogramma bu zaruriy kasb qobiliyatlari qatori sifatida inson psixikasi oldiga qo`yiladigan talablarning qisqacha hisobidir.Professiografiya o`zida har xil ko`rsatkichlarga qarab tuzilgan kasblarni sinflarga birlashtirishni kiritadi.(bu ko`rsatkichlar psixologik, texnologik, gigiyenik)har qanday kasbni o`rganish va ko`rsatib berish har doim aniq maqsad bilan olib boriladi hamda bu maqsadga bo`ysunadi.Ammo professiografiya maqsadlari har xil bo`lishlari mumkin, shunga asosan professiogramma unga qo`yiladigan kasb xarakteristikasi bilan farqlanadi. Kadrlarning zaruriy tayyorgarligini ta`minlovchi o`quv dasturini asoslash uchun professiogrammalar bo`lishi mumkin.Shuninhdek, mehnatning gigeyenik sharoitini sog`lomlashtirish uchun bo`lishi mumkin hamda mehnatni baholashni va normallashtirsh uchun , mehnatning xavfsizligi darajasini oshirish uchun professiogrammalr bo`lishi mumkin. Bundan tashqari kasbga yo`nlatirishni asolash uchun hamda kasb maslahatlari va kasb tanaksh uchun professiogrammalr bo`lishu mumkin.Mehnatni har tomonlaam o`rgnuvchi hamma fanlar (meditsina, mehnat fiziologiyasi , mehnat psixologiyasi va boshqalar)Professiografiya oldida har xil vazifalar qo`ydi.Mehnat psixologiyasi miqyodsidagi har qanday tadqiqotlar oldida qnday vazifalr turmasin nazariya yoki amaliy konkret kasb faoliyatining organishidan boshlanadi.Bunda oldingi sanab o`tilgan metodlar qo`llaniladi. Psixogramma. Shu kasbni muvaffaqiyatli egallash uchun ahamiyatga ega barcha xususiyatlarni o`zida jamlashi zarur.Shuningdek,esda bo`lishi kerakki, ilmiy texnika rivojlanshi yutuqlaribilan nafaqat mehnat sharoiti o`zgaradi balki mehnatning mazmuni ham o`zgaradi.Misol uchun mashinisti kasbida a elektrovoz mashinisti yoki teplovoz mashinisti kasbidagi faoliyat mazmuni tubdan o`zgaradi. Kasb faoliyati o`zgarishiga qarab kasb psixogrammasi ham aniqlashtirilish va o`zgartirishi kerak.Ayrim kasblar yo`qoladi, boshqalar paydo bo`ladi.Shuning uchun professiografiya ishi hech qachon tugallangan bo`lish mumkin emas Psixologik mehnat ekspertizasi va uning vazifalari. Mehnat ekspertizasi bu konkret kasb bo`yicha insonning mehnatga yaroqliligini maxsus kasb egalari tomonidan aniqlashdir.Shu yoki boshqa mehnat turiga yaroqlilik yosh bilan sog`lik holati tayyorgarlik darajasi zarur bilimlar borligi, malaka va ko`nikmalar kerakli kasb qobiliyatlar yig`indisi va shu kasbda ishalsh istagi bilan to`ldiriladi.Ammo kasbga yaroqlilik jinsi va ijtimoiy sharoitlarig bog`liq.HAr bir kasbda barcha sanab o`tilgan sharoitlar o`ziga xosdir, shuning uchun mehnat ekspertizasining maqsadi va shakllari har xildir.Ekspertiza uchun har xil kasb egalari va tashkilotlar jalq qilinadi.Masalan:shifokorlar, psixologlar, pedagoglar, injenerlr va boshqa kasb egalari qabul hay`ati kadrlar bo`limi.Vrach- mehnat ekspert hay`ati (VMEH)xarbiy vrach hay`ati(HVH)Lokomotiv mashinist shaxtyorlarni saylab olish bo`yicha hay`at Mehnat ekspertizasi uning tashkiliy ishlaruga bog`liq bo`lmagan holda quyidagi umumiy masalani (savollarni) yechadi. 1.Shu odam aniq ishni bajarishni boshlashi mumkinmi 2.U egallab turgan lavozimida ishlshni davom ettirishi mumkinmi 3.Shu odamni qanday ishda muvaffaqiyatli qo`llash mumkin 4.Agarda baxtsiz voqea yuz bersa, u qanday darajada ishchi xususisyatlariga bog`liq bo`lgan va uni ishga qo`yishda qisman xatolikka yo`l qo`yilganmi Bu savollar shu kasb bo`yicha mehnat ekspertizasi vazifalarini va ularni yechish metodlarini aniqlaydi.Mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat ekspertizasining asosiy vazifalari : 1.Yoshi to`g`ri kelmasligi bo`yicha , sog`ligi holati , bilimi, psixologik qobiliyatsizligi yoki boshqa biror bir sabablarga ko`ra odamlarni ishga qabul qilinishini to`xtatish. 2.Shu kasbda ishlash uchun ish qobiliyatiga ega bo`lgan odamlarni ixtisosligi bo`yicha mehnat majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajaradigan o`zining sog`ligini yo`qotmasdan mehnatning yuqori unumdorligini ta`minlaydigan odamlarni izlab topish 3.O`z vaqtida bajarilayotgan mehnat turlarini bajarishga negadir qobiliyatsiz shaxslarni ishdan chetlashtirib dam olishga yoki davolanishga o tkazish 4.Inson mehnatining qaysi turiga qobiliyatliroq ekanligini aniqlab kasb maslahati tartibida unga mehnat faoliyatinig shu yoki boshqa turga yo`naltirish Psixologik mehnat ekspertizasi mehnat ekspertizasining qismi hisoblanadi va prognoz qilish sifatida mavjuddir.Prognostik psixologik mehnat ekspertizasi psixodiagnostika asosida shaxsi o`rganilayotgan kishining keyingi mehnat faoliyati xususiyatlarini prognoz qilish oldindan ko`rish masalalari yechiladi.U maktabda o`spirinni kasbga yo`naltirishdan boshlanadi, hamda keyinchalik kasb -hunar kollejlariga kirishda davom etadi va o`qish jarayonida keyinchalik ishlab chiqarishda tugallanadi. O`spirinning oldida turgan o`qish yoki ishlab chiqairsh jarayonidan muvaffaiyatini yoki muvaffaqiyatsizligini oldindan ko`rish uchun psixologik prognoz qilish bilan shug`ullaniladi.Bunda quyidagilar zarur:egallayotgan kasbining shaxsiy sifatlariga talablrni yaxshi bilish;o`spirinda o`qish va mehnatga zarur qobiliyatlar borligini, ularning rivojlanish darajasini bilish;o`spirin shu turdagi o`qish va mehnatga qanday munosabatda unda umumiy qobiliyatlr qanday rivojlanyapti, kasbqobiliyatlari qanday shakllanyapti. Retrospektiv mehnat ekspertizasi shaxsi o`rganilayotgan kishining o`qiyotgan o`qish yoki mehnat faoliyatini baholaydi va shaxs xususiyatlariga bog`liq mehnat qobiliyati sifatini pasayishi har xil shakllarga olib kelgan, uning yo`l qo`ygan xato xatti- harakatlarining aloqasini ko`rsatib beradi. Faqat pedagoglar bo`lib o`qiyotgan o`spirinlar va katta yoshdagi ishchi , o`qish va mehnat faoliyatini baholab ular yo`l qo`ygan xatolar bilan ular shaxsi xususiyatlari o`rtasidagi aloqani ko`rstib bermasdan balki ishlabchiqarish muhandislari shuningdek ekspert shifokorlar va psixologlar ham bu ishda ishtirok etishadi.Retrospektiv mehnat ekspertizasi uchun o`rganilayotgan xatti- harakatlar sifatigaqo`yiladign talablarni analiz qilingan xato holatlarni yakunlash vaqtida tekshirilayotgan odamning holatini va psixik xususiyatlarini bilish muhimdir. Retrospektiv mehnat ekspertizasi o`quvchi yoki ishchi qobiliyatlarini baholash uchun uning keyingi faoliyatini prognoz qilish va shu yoki boshqa kasb bo`yicha keyingi o`qish yoki ishlabchiqairish ishining maqsadga muvofiqligi masalalasini yechish uchun muhimdir. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling