Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet1/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
9-конспект





Fan: Biologiya 9A,B- Sinf Sana __________ DARS № 1
Darsning mavzusi: Kirish
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga biologiya fani nimalar haqida ma’lumot berishi haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar biologiya fani o`rgatadigan bilimlar to`g`risidagi tasavvurlani egallashi
Dars turi: A) kirish darsi B) boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihoziiDarslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

7 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

25 minut

3

Mustahkamlash va baholash

10 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha “bios” — hayot, “logos” –ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi.
Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Biologiyaning o‘rganish obyekti bu –viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari, ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.
Biologiya fanlari sistemasi.Biologiya tadqiqot va tekshirish obyektiga ko‘ra bir qancha sohalarga botanika, zoologiya, anatomiya, sistematika, sitologiya, gistologiya, genetika, seleksiya, embriologiya, paleontologiya, ekologiya va boshqalarga bo‘linadi. Botanika –o‘simliklar, zoologiya –hayvonlar to‘g‘risidagi fan. odam va uning salomatligi –odam organizmi va organlar hamda organlar siste masining tuzili shini o‘rganadi. Sistematika –o‘simlik va hay von larning sistematik guruh lari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlari haqidagi fan ekanligi siz larga, 5-, 6-, 7-, 8- sinflardan ma’lum. Hozirgi vaqtda biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biokimyo, molekular biologiya, biofizika, genetik injene riya, biotexnologiya kabi fanlar jadal rivojlanib bormoqda. Bio kimyo – orga nizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jara yonlar haqidagi, biofizika – tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko‘rsatkichlarni tadqiq qiluvchi fandir. Biologiyaning asosiy vazifasi, ha yo t mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining umumiy qonu niyatlarini o‘rganadi.Biologiya –sitologiya va genetika, evolutsion ta’limot, ekolo giya, paleontologiya, embriologiya, molekular biologiya, bio kimyo, biofizika, biogeotsenologiya hamda tabiatshunoslikning boshqa sohalaridagi bi limlar asosida shakllangan kompleks fandir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling