Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toqima.
- Populatsiya.
Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar, ya'ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos bo'lgan quyosh nuri energiyasining organik moddalarda bog'lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi ya'ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o'tkazish hamda tuzilmalarning avlodlardagi barqaroriigi singari jihatlar kuzatiladi.
Hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional biriigidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning dalili sifatida vi-ruslarni ko'rsatish mumkin. Ularga xos bol'gan ayrim tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo'ladi. Biologik moddalar ushbu bosqichda bir butun tizim sifatida birlashadi. Hujayra tuzilish darajasiga ko'ra barcha tirik organizmlar bir va ko'p hu-jayralilarga ajraladi. To'qima. To'qima tuzilish jihatidan o'xshash hujayralar va hujayralararo modda yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, ma'lum bir umumiy vazifani bajaradi. Organ. Organ ko'pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to'qimalarning tuzilish va funksional yig'indisi hisoblanadi. Masalan, odamning terisi epiteliy va birik-tiruvchi to'qimalardan iborat, ular bir necha vazifalarni bajaradi. Organizm. Organizm mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko'p hujayrali tirik tizimdan iborat. Ko'p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to'qima va organlardan tashkil topadi. Populatsiya. Populatsiya kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarz-lari bir xil (o'xshash) organizmlarning yig'indisidan iborat. Ushbu bosqichda dastlabki evolutsion o'zgarishlar kuzatiladi. Biogeotsenoz. Tiriklikning ancha yuqori darajadagi tuzilmasi hisoblanib, turlar tarkibi bo'yicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bog'liq holda birlashtiradi. Biogeotsenoz daraja anorganik va organik moddalar, avtotrof va geterotrof organizmlarni o'z ichiga oladi. Biogeotse-nozning asosiy vazifasi energiyani to'plash va taqsimlashdan iborat. Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko'rinishlarini qamrab ol-gan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera yerdagi turli-tuman hayot ko'rinishlarini qamrab oladi. Biosfera bosqichida sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog'liq ravishda barcha moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling