Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet7/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Viruslar. 1892- yilda rus olimi D.I. Ivanovskiy tamaki o'simligida uchray-digan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo'zg'atuvchi viruslar bakteriali filtr-dan o'ta olish xususiyatiga ega. Natijada sog'lom tamaki o'simligini filtrdan o'tgan suyuqlik bilan zararlash mumkin. Oradan bir necha yil o'tgach F.Lefiler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo'zg'atuvchilar ham bakteriali filtrdan o'tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat, 1917- yil kanadalik bakteriolog F. de Errel bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o'simlik, hayvon va mikroorga-nizmlarda viruslar kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar hayotning hujayrasiz shakllari ya'ni, yangi fan sohasi — virusologiyani (viruslarni o'rganuvchi) ochib berdi.Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi. Ular bir necha yuqumli kasal-liklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizilcha va boshqalar)ning qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. Viraslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular hu­jayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko'payish xususiyatiga ham ega emas (3- rasm).Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein kislota-lar bo'lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. Shunga ko'ra vi­ruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi.


Viruslarning hujayra bilan o'zaro ta'siri. Hujayra oralig'i muhitidagi suyuq-likdan hosil bo'lgan pinotsitoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan awal hujayra sirtidagi maxsus oqsil-retseptor bilan bog'lanish sodir bo'ladi. Ushbu bog'lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi sezgir malum retseptorni «tanib olish» xususiyatiga ega..Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib chiqaradi. Sariq kasalligini qo'zg'atuvchi A va В viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko'paya oladi.
Bakteriya virusi — bakteriofaglarning hujayraga kirishi biroz boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig'i hayvon hujayralaridek oqsil-retseptorli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib borishiga imkon ber-maydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan DNK (yoki RNK) itarib kiritiladi (4- rasm).

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling