Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


C.Qirqquloq, spirogira, achitqi zamburug'i. D.Bakteriofag, vertisill, lola


Download 1.79 Mb.
bet14/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
9-конспект

C.Qirqquloq, spirogira, achitqi zamburug'i. D.Bakteriofag, vertisill, lola.
14.Tuban o'simliklarning tanasi nima deyiladi? A. Mitseliy. B. Poya. C. Rizoid. D. Tallom.
15.Ovqatga ishlatiladigan ko'k-yashil suvo'tlarni yozing.A. Xrokokk. B. Nostok. C. Ossilatoriya. D. Nitella.

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

J














































Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni o`qib organish
Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov
Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 9
Darsning mavzusi: 7- §. Hayvonlar dunyosi
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Hayvonlar dunyosi haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar hayvonlar haqidagi umumiy ma’lumotlarni bilishi
Dars turi: A) boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi B) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi,
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Hayvonlarning tuzilishi, hayoti, xilma-xilligi, individual va tarixiy rivoj-lanishi, Yer yuzida tarqalishi kabi qonuniyatlarini qiziqarii zoologiya fanidan o'rganib olgansiz. Hayvonlar va o'simliklar umumiy kelib chiqishga ega bo'lgan tirik orga­nizmlar hisoblanadi. Buning dalili sifatida ularning tuzilishi va hayot kechi-rishlaridagi bir necha o'xshashliklarni ko'rsatish mumkin.
Hayvonlar o'simlik va zamburag'larga o'xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko'pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o'zgaravchanlik, qo'zg'aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o'simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma'lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko'pchilik o'simlik av-totrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir.
Hayvonlar hujayrasi o'simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo'lmaydi. O'simlik va hayvonlar o'rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. O'simlik qoldig'i va hayvon jasadlarini parchalovchi organizmlar muhim sani-tar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko'pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir.
Hayvonlar insonning ko'p qirrali xo'jalik faoliyatida katta o'rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. Yowoyi hayvonlarning turlari uy hay­von zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko'pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o'rmon xo'jaliklarida turli zararkunandalarni yo'qotishda katta rol o'ynaydi.
Hayvonot dunyosi ikkiga ajratiladi:1. Bir hujayralilar; 2. Ko'p hujayralilar.
Ko'p hujayralilarning xordalilar tipidan boshqa barcha tiplarining vakil-lari umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi.


Bir hujayralilar tabiatda keng tarqalgan. Ko'pchilik sodda hayvonlar den-gizlarda, chuchuk suv havzalarida, sernam tuproqlarda hamda boshqa orga-nizmlarda yashashga moslashgan. Odatda sodda hayvonlar kichik bo'ladi. Tanasi sitoplazma va bir yoki bir necha yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma yupqa tashqi membrana bilan o'ralgan (19- rasm).
Ko'p hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlar maxsus organlar, to'qima va hujayralarda amalga oshirilsa, sodda hayvonlarda esa hujayralardagi orga­
Avtotroflar esa fotosintez yo'li bilan oziqlanadi. Sodda hayvonlar hujayrasi bo'linish yo'li bilan ya'ni, jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Tashqi muhitning har xil ta'sirlariga sodda hayvonlarning beradigan javob reaksiyasi asosan hara-katlanish orqali amalga oshirilib, u tak-sis deyiladi. Sodda hayvonlarning muhim biologik xususiyatlaridan biri noqulay sha-roitga tushib qolganda sista hosil qilishidir.
Ko'p hujayrali hayvonlarning tanasi xilma-xil tuzilishdagi va turli vazifalarni bajaradigan son-sanoqsiz hujayralardan tashkil topgan. Ular mustaqillikni yo'qo-tib yaxlit organizmning ayrim tarkibiy qismlari sifatida faoliyat ko'rsatadi. Ko'p hujayralilar murakkab individual rivoj-lanish bilan tavsiflanadi. Urug'langan tuxum hujayradan (partenogenezda urug'lanmagan tuxum hujayrasidan) voyaga yetgan organizm shakllanadi. Bunda urug'langan tuxum maydalanib, hosil bo'lgan hujayralarning ajralishi natijasida homila varaqalari va boshlang'ich organlar shakllanadi (IVbo'limga qarang).

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling