Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Mustahkamlash uchun savollar


Download 1.79 Mb.
bet22/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Mustahkamlash uchun savollar: 1. Sitoplazma hujayrada qanday vazifalarni bajaradi?
2. Organoidlar qanday turlarga ajratiladi?3. Endoplazmatik to‘r qanday xillarga bo‘linadi?
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov


Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 15
Darsning mavzusi: 13­§. Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar vasitoplazmaning boshqa organoidlari
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar vasitoplazmaning boshqa organoidlari haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar vasitoplazmaning boshqa organoidlari hujayra haqida ma`lumotlarni o`lashtirishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali- Darsning usuli: suhbat, bahs, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Mitoxondriya (yunoncha “mitos” –ip va “xondro” –donador degan so‘zlardan olingan) bir va ko‘p hujayrali organizmlar ning barcha eukariot hujayralarida mavjud. Mitoxondriyalarning hayvon va o‘simlik olamida bunday keng tarqalishi ularni hujayrada muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi.Mitoxondriyalar turli-tuman shakllarda: yumaloq, yassi, silindrsimon va hatto ipsimon ko‘rinishda ham uchraydi. ular 0,2 mkm dan 15–20 mkm kattalikka ega. Ipsimon shakllarning uzunligi 15–20 mkm gacha boradi. Turli xil to‘qimalardagi mitoxondriya larning
soni bir xil emas. ularning soni hujayraning funksional faolligiga bog‘liq. uchadigan qushlarning ko‘krak mushaklarida mitoxondriyalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Mitoxondriyalarda ikki qavat: tashqi va ichki membarana lar mavjud. Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‘lib, kristalar deb ataladi.
Plastidalar –o‘simlik hujayralarining organoidlari. ular anorganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Plastidalarning uch xil turi mavjud:
1. Leykoplastlar –rangsiz bo‘ladi. ular o‘simliklar ning rangsiz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‘ladi. Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qilishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi).
2. Xloroplastlar –bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham sintezlanadi.
3. Xromoplastlar –har xil rangga ega plastidalar. ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji barglar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq.
Lizosomalar(yunoncha –“lizeo” – eritaman, “soma” – tana degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanachalardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan. Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosomalar Golji majmuasidan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘lishi mumkin.
Vakuolalar o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, membrana bilan o‘ralgan. ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membranalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik
birikmalar va tuzlar uchraydi.
Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suvning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni turgorholatini vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi.
Hujayra markazi(sentriola), ikkita silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan perpendikulyar bo‘lib joylashgan tuzilmalardan tashkil topgan va ular sentrioladeb ataladi.
Sitoskelet. eukariot hujayralarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ularning sitoplazmasida mikronaychalar va oqsil tolalaridan iborat bo‘lgan tayanch skelet tuzilmalarning mavjudligidir.
Hujayra kiritmalari. Sitoplazmada turli xil moddalar ham to‘planadi. ular kiritmalardeb ataladi. Bular sitoplazmaning doimiy bo‘lmagan tuzilishi hisoblanib, organoidlardan farqli ravishda hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo bo‘lib, goh yo‘q bo‘lib turadi. Ular trofik (oziq), sekretor, pigment, qoldiq kiritmalarga ajratiladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling