Mundarija: kirish I bob. Amaliyotchi psixolog tomonidan bola rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish


Download 83.46 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi83.46 Kb.
#1275410
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalarning rivojhlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………..………………………...3
I BOB. AMALIYOTCHI PSIXOLOG TOMONIDAN BOLA RIVOJLANISHI UCHUN QULAY PSIXOLOGIK IQLIM YARATISH…………….…………..5
1.1. O‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili………………………………………………………………………...…...5
1.2. Bola uchun qulay iqlim yaratish…………………………………………..…..13
II BOB. BOLANING QIZIQISHLARI VA QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA YOSH DAVRLARINI HISOBGA OLISH………….17
2.1. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish………………………...17
2.2. O‘quvchilar bilan ishlashda har bir yosh davrining xususiyatlari hisobga olish……………………………………………………………………………….23
XULOSA………………………………………………………………………....27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI………………………….29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Psixologik xizmat fani shakllanishining nazariy-ilmiy metodologik asoslari umumiy psixologiya fani shakllanishi bilan bog‘liq uzoq tarixiy ildizlarga borib taqaladi. Albatta, psixologik xizmat fani dastlabki psixologik tushunchalarning paydo bo‘lish va rivojlanish davrlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Jonning aql-idrokli qismi omonat tanaga jo bo‘lgunga qadar ana shu dunyoga daxldor. U tanaga jo bo‘lib olgach, tug‘ilishga qadar ko‘rilgan narsalarni eslay boshlaydi. Xotiralar qanchalik yorqin bo‘lsa, unda haqiqiy bilimlar shunchalik ko‘p ochilib boraveradi, degan fikrni ilgari surdi. Jon qismlarga bo‘lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, akl-idrok kabi turlariga oid qobiliyatlarida namoyon bo‘lishini asoslab berdi. Arastu ilk bor ilgari sezgi a’zolariga ta’sir o‘tkazgan narsalar obrazlarining tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi. U shuningdek bu tasvirlar o‘xshashligi, turdoshligi va keskin farqlanishi kabi uchta yo‘nalishda birlashuvini ham ko‘rsatdi, bu bilan psixik hodisalar assotsiatsiyasi (bog‘lanishi)ning asosiy turlarini ochib berdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarini faqat o‘zining xususiy faolligi orqali ro‘yobga chiqarishiga asoslangan holda xarakterning real faoliyatida shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyani ilgari surdi. Bu nazariya insonga psixologik xizmat ko‘rsatish fani bilan bog‘liq dastlabki ilmiy tamoyillarning yaratilishi bilan bevosita aloqadordir. Jon qismlarga bo‘lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, akl-idrok kabi turlariga oid qobiliyatlarida namoyon bo‘lishini asoslab berdi. Arastu ilk bor ilgari sezgi a’zolariga ta’sir o‘tkazgan narsalar obrazlarining tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi.
Asta-sekinlik bilan psixologik xizmat fani tarixida onglilik va ongsizlik masalalariga jiddiy oydinliklar kiritish tendensiyasi vujudga keldi. Jumladan, fan tarixida birinchi bo‘lib ongsizlik psixikasi haqidagi tushunchani ilgari surgan XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716)ning ta’limotiga matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishi ta’sir etgan edi. Unga ko‘ra psixik hayot manzarasining arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral tarzida namoyon etilishi tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok) ni appersepsiya (diqqat va xotirani o‘z ichiga olgan anglanilgan idrok) dan farqlagan edi. Shu bilan birga u psixologiyaga juda ko‘p yangiliklarni, eng avvalo, psixikaning faolligi, tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib kirish bilan insonga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimiga yangicha qarashlar mavjudligini ko‘rsatdi.

Download 83.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling