Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
NAZORAT ISHI – 2 Mavzu: Hujayra. Nazorat shakli: Jadvallar bilan ishlash
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi. 2.
- Ichki qismida oziqni parchalovchi fermentlar boladigan organoid. Jadvalni toldiring.
- Oqsil sintezlanadigan organoid. 7.
- Prokariotlarda ham eukariotlarda ham uchraydigan organoid. 9.
- Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan organoid. 11.
- Jigar va mushak hujayrasida soni kop boladigan organoid. 13.
- Eukariot hujayralarning muhim tarkibiy qismi. 15.
- Hujayraning turgor holatini vujudga keltiradigan organoid. 17.
- Osimlik hujayrasida uchramaydigan organoid. 19.
- Gul va mevalarga rang beradigan plastida. Uyga vazifa
- Darsning maqsadlari
- Darsning usuli
- Reja asosida dars bosqichlari
NAZORAT ISHI – 2 Mavzu: Hujayra. Nazorat shakli: Jadvallar bilan ishlash.
Jadvalni to'ldiring.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 18 Darsning mavzusi: 15§. Prokariot va eukariot hujayralar Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga prokariot va eukariot hujayralar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar prokariot va eukariot hujayralar haqida ma`lumotlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali- Darsning usuli: suhbat, bahs, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, DARSNING BORISHI:;
Hayotning hujayraviy shakllari hujayrasining tuzilishiga ko‘ra ikkita katta guruh: prokariotva eukariotlarga bo‘linadi. Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari (sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko‘ra ikkita guruhga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: prokariotva eukariotlar deb ataladi. Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishida o‘xshashlik va farqli tomonlari mavjud. ularning o‘xshashlik tomonlari har ikkala hujayralarda hujayra qobig‘i, sitoplazma, ribosoma, nuklein kislotalardan DNkva RNklar bo‘ladi. Prokariot va eukariot hujayralarda oqsil sintezi ribosomalarda kechadi. Irsiy axborotni nasldan naslga berilishi ham nuklein kislotalar orqali beriladi. Prokariot va eukariot hujayralarning ikkiga bo‘linib ko‘payishi, oziqlanishi, nafas olishida o‘xshashlik tomonlar mavjud. Prokariot va eukariot hujayralarning asosiy farqlari quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: eukariot hujayralarda shakllangan yadro, asosiy organoidlar mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi organoidlar bo‘ladi. Prokariot hujayralarda yadro, mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi asosiy organoidlar bo‘lmaydi. Prokariot va eukariot hujayralarning bo‘linishida ham farq kuzatiladi. Prokariot organizmlar hujayrasi to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘linadi, ya’ni mitoz kuzatilmaydi, eukariot hujayra esa asosan mitoz usulida bo‘linadi. eukariotlar zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvon hujayralarining tuzilishida o‘zaro o‘xshashlik va farqli tomonlar mavjud. Zamburug‘ bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlari: zamburug‘ hujayrasining qobig‘i xitinsimon moddadan, o‘simlikning hujayra qobig‘i esa sellyulozadan iborat. Zamburug‘larda plastidalar bo‘lmaydi, o‘simlik hujayrasida plastidalar mavjud. Zamburug‘larning oziqlanish usuli saprofit, o‘simliklarning oziqlanish usuli avtotrof. Hayvon va o‘simlik hujayrasining ham farqli tomonlari mavjud. Misol uchun, o‘simlik hujayrasi qobig‘i sellyulozadan, hayvon hujayrasi esa glikokaliksdan iborat. o‘simlik hujayrasida plastida va vakuolalar bo‘ladi, hayvon hujayrasida esa bo‘lmaydi. o‘simlik hujayrasi bilan hayvon hujayrasining bo‘linishida farq mavjud. hayvon hujayrasi bo‘linganda plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo bo‘lib ikkiga bo‘linadi. o‘simlik hujayrasida esa hujayraning o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, hujayrani teng ikkiga bo‘ladi. Simbioz gipotezasi. Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir. Ko‘p genomli gipoteza. ushbu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayralar prokariot hujayralardan ular genomining ayrim qismlarga bo‘linishi, bu qismlarning asta-sekin muayyan funksiyani bajarishga moslanishi natijasida paydo bo‘lgan. ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi. Mustahkamlash: 1. Prokariot va eukariot hujayralarining o‘xshashlik va farqli tomonlari nimadan iborat? 2. Zamburug‘ hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlarini ayting. 3. hayvon hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlarini yoritib bering. Invaginatsiya gipotezasi.Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (sitoplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling