Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. hujayrani kashf etilish tarixi haqida ma’lumot bering
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
- Kompetensiyaviy maqsad
- Reja asosida dars bosqichlari
Mustahkamlash uchun savollar: 1. hujayrani kashf etilish tarixi haqida ma’lumot bering.
2. Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari haqida ma’lumotlarni bayon eting. 3. Hujayra nazariyasini biologiya fani rivoji uchun qanday ahamiyati bor? 4. O‘zbek olimlaridan kimlar hujayra sohasida tadqiqotlar olib borishgan? Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi: O`TIBDO`:_____________ Q.Bo`stonov. Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 12 Darsning mavzusi: 10- §. Hujayrani o'rganish usullari Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Hujayrani o'rganish usullari haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni do`stga sadoqat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar hujayrani o'rganish usullari bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali- Darsning usuli: suhbat, bahs Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, DARSNING BORISHI:;
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o'rganishda keng qo'llanila-digan usullarga yorag'lik va elektron mikroskoplar kiradi. Yorag'lik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulardan iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo'lib, kuzatilayotgan predmetni kattalashtirib beradi. Okulariar ham linzalar tizimidan iborat bo'lib, ular o'rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishtirok etadi. Dastlab-ki mikroskoplar obyekt tasvirini 10—40 martagacha kattalashtirib bergan. Odatda yorug'lik mikroskoplari tasvirni 10—2000 martagacha kattalashtiradi. Mikroskopning muhim tomoni, kattalashtirish emas, balki uning ko'rish kuchi yoki ko'rish xususiyati hisoblanadi. Mikroskopning ko'rish kuchi ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo'lgan minimal masofasi bilan aniq-lanadi. Bu nuqtalar bir-biriga juda yaqin bo'lgan vaqtda ulardan chiqadigan yorug'lik to'lqinlari bir vaqtda qaytadi va odamning ko'zi ikkita emas, balki bitta tasvirni ko'radi. Bir xil kattalashtiradigan mikroskopning ko'rish kuchi qancha katta bo'lsa, o'rganilayotgan obyektning mayda bo'laklarini shuncha aniq o'rganish mumkin. Moddalarning mikroskopiya nazariyasiga ko'ra mikroskop ko'rish kuchining chegarasi, yorug'lik to'lqin uzunligining yarmiga teng, ya'ni 200 — 300 mu1. Shunday qilib, yorug'lik to'lqini uzunligining yarmi-dan kichik bo'lgan obyektlarni oddiy yorug'lik mikroskopida ko'rib bo'lmaydi. Yorug'lik mikroskoplari obyektni 2000 martagacha kattalashtiradi xolos. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling