Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet11/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Achitqi zamburug'i — haqiqiy mitselliysi bo'lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo'ladi. Bu zambu­rug' kurtaklanish yo'li bilan ko'payadi. Kurtaklanish natijasida hosil bo'lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi (14- rasm). Ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburag'larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo, vino va nowoychilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Spirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Nowoychilikda xamirga achitqi qo'shib qorilganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi xamirni ko'pchishini ya'ni, yengil va g'ovak bo'lishini ta'minlaydi.




Qo'ziqorin zamburug'i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zamburug'lar hisoblanadi. Uning ichi bo'sh, meva tanasi 10—12 sm bo'lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (15- rasm). Qo'ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saproftt holda hayot kechiradi. Tuproq ostidagi ko'p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to'plab, kuzdan boshlab meva tanachalar shakUana boshlaydi Ular kelgusi yili bahorda yetilib tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini so-chadi. Sporalar qalpoqchaning burishgan tashqi yuzasida ya'ni, burmalardagi katakchalarda hosil bo'ladi. Qo'ziqorin shartli iste'mol qilinadigan zambu­rug'lar guruhiga kiradi. Bunday guruhdagi iste'mol qilinadigan zambu-rug'larga oq zamburag', oq qayin bilan birga o'sadigan zamburug' va boshqa zamburug'lar kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mineral moddalar, ikroelementlardan esa temir, kalsiy, rax va boshqalar mavjud. Lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o'ziga xos guruhi bo'lib, zamburug'lar va suv o'tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan o'simliklardir (17- rasm).Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma'lum. Lishayniklarning tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek vegita-tiv yo'l bilan ko'payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ ko'payish lishaynik tallomida hosil bo'ladigan o'simtalar va ularning qulay sharoitga tu-shib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko'rinishiga ko'ra uchta turga bo'linadi (28- betdagi 18- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon.Lishayniklar barcha joylarda o'sadigan o'simliklar bo'lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o'simliklar yashay olmaydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda, cho'l va dashtlarda, daraxt va buta po'stloqlarida o'sadi.Lishayniklar tundra va o'rmon tundrada keng tarqalgan. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Zamburug‘lar qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling