Ilm-fan va innovatsiya


Download 406.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi406.16 Kb.
#1745075
Bog'liq
Ilm-fan va innovatsiya 0816



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
61 
LISHAYNIKLARNING UMUMIY TAVSIFI VA TUZILISHI 
Saydazimova Xonzoda Alisher qizi 
ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi 
alishercaydazimiv@gmail.com
  
https://doi.org/10.5281/zenodo.7960822
 
Annotasiya:Ushbu tezisda lishayniklarning umumiy tuzilishi va tavsifi,lishayniklarning xillari, 
simbioz hayot kechirishi,lishayniklarning xillari,lishayniklarning sistematikasi,hayotdagi va 
xalq xoʻjaligida lishayniklarning tutgan oʻrni haqida toʻliq maʼlumot bayon qilingan. 
Kalit soʻzlar:lishaynik,simbioz,zamburugʻ,bir hujayrali suvoʻt,bargsimon lishaynik,butasimon 
lishaynik,parfumeriya,geteromer,gomoemer,pioner. 
Kirish.Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va 
zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar L.ga tuban 
oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L. haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 
400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali 
L. (maʼlum boʻlgan deyarli hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-
yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning 
har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi. 
L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon L. sodda 
tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab 
tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari 
osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gome-
omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar L. tanasining faqat 
ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi. 
L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda 
(xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda 
konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt 
turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi 
orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib 
koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi 
L.ning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. 
Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; L. kurib qolsa, 
fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga nisbatan sekin usadi. L. 
yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi L.ga 
uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, 
tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar 
sirtida uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, 
tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi zamburugʻlar bilan suv 
oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa 
ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik 
xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar 
uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. 
Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. 
ham bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan 
parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
62 
oʻsadigan poʻstloq L.i zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy 
ahamiyatga ega.Lishayniklarning ahamiyati. 
Xulosa:Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham beqiyos kattadir. Avvalambor ular 
toshlarda o‘sib, ularni o‘zlaridan ajratgan organik kislotalar yordamida parchalaydi va tuproq 
hosil bo‘lishini amalga oshiradi. Tundra sharoitida yashaydigan lishayniklar bug‘ular uchun 
asosiy ozuqa hisoblanadi. Shuningdek lishayniklardan qimmatbaho bo‘yoqlar olishda va 
parfyumeriya sanoatida keng miqyosda ishlatiladi. 
 
References: 
1. 
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006. 
2. 
Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn 
qisqаrtirilgаn tаrjimа). 
3. 
Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», 1976. 
4. 
WWW.ziyo.net
  
5. 
WWW.library.uz
  

Download 406.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling