Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti 3-kurs i-91guruh talabasi Alimov Umidning Global Iqtisodiyot fanidan


Download 35.9 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2023
Hajmi35.9 Kb.
#1700590
  1   2   3
Bog'liq
Umid Alimov




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI





3-kurs I-91guruh talabasi
Alimov Umidning Global Iqtisodiyot fanidan
Globallashuv jarayonida jahon iqtisodiyotining sohalari”
Mavzusida yozgan mustaqil ishi


Toshkent-2023


Globallashuv jarayonida jahon iqtisodiyotini bir qancha sohalarga bo'lish mumkin:

1. Savdo: Globallashuv xalqaro savdoning o'sishiga olib keldi, mamlakatlar chegaralar bo'ylab tovar va xizmatlar almashishdi.


2. Moliya: Jahon moliyaviy bozorlari oʻzaro bogʻlangan boʻlib, butun dunyo boʻylab kapital va investitsiyalar oqimini taʼminlaydi.
3. Texnologiya: Raqamli inqilob global axborot, aloqa va innovatsiyalar almashinuvini osonlashtirdi, sanoat va iqtisodiyotlarni o'zgartirdi.
4. Mehnat: Globallashuv ishchilarning chegaralar boʻylab harakatlanishiga, shuningdek, ish oʻrinlarining ishchi kuchi arzonroq mamlakatlarga autsorsing qilinishiga olib keldi.
5. Resurslar: Jahon iqtisodiyoti neft, minerallar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kabi tabiiy resurslarni qazib olish va sotishga tayanadi.
6. Xizmatlar: xizmatlar sektori, jumladan turizm, moliya va telekommunikatsiyalar kabi sohalar tobora globallashib bormoqda, kompaniyalar bir nechta mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda.
Ushbu sohalar oʻzaro bogʻlangan va bir-biriga taʼsir etib, jahon iqtisodiyoti dinamikasini shakllantiradi. Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari.
XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo’jaligi
rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi.
―Globallashuv‖ deganda ko’pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq
va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi.
Globallashuv jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o’zaro bir-biriga kirib borishini, o’zaro bog’liqligini va bir-biri bilan qo’shilib ketishini ifodalaydi. Bunda bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o’z aksini
topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo’ladi va butun dunyoni bir butun sifatida ifodalaydi.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan,
xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat
resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan
samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Jahon iqtisodiyoti (jahon xo’jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga
ko’ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig’indisidir. Agar jahon
xo’jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizidahisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid
qobiliyati pariteti (XQP) bo’yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi.
Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu
milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi
dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya
bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni
hatlab o’tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va
mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng
avvalo global iqtisodiyot bilan bog’langan.
Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko’rilsa, uning hajmi jahon
iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo’ladi. Bu shuning uchun ro’y beradiki,
jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab
chiqaruvchi YaIM hajmi bo’yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi
bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo’lgan talab va
taklifga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar
iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning 16-18% eksportga yo’naltiriladi, to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar oqimi
Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo’yilmalar hajmiga eng ko’pi bilan 16%
(ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo’shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha
ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko’ra ish joylarining 10 %ga yaqinini tashkil qiladi.
Globalashuv jarayoni mamlakatlar iqtisodiyotni jahon bozoridagi
o’zgarishlarga bog’liq bo’lishini birldiradi. Yer yuzida 200 dan ziyod mamlakat
bo’lsa, ularning bir qismi integratsiyalashuv ittifoqlariga kiradi, boshqalari esa unda
ishtirok etmaydi, biroq globallashuv jarayoni ta‘sirida bo’ladi.
Globalashuv jarayoni mohiyatan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi,
milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq bo’lib qolishi
demakdir.Globallashuv atamasi hozirgi davrda uni qaysi sohada ishlatilishiga qarab, turli
mazmunni anglatadi. Globallashuvga iqtisodiy ma‘no beruvchilar asosan XX asrda
yuz berayotgan jarayonlarni uzoq tarixiy davrning, ya‘ni milliy xo’jaliklarning
baynalminallashuvidan, uning globallashuviga o’tishi ekanligini ta‘kidlashadi. Ular
shu bilan birga globallashuvni iqtisodiy hayot baynalminallashuvi rivojlanishuvining
yangi sifat bosqichi sifatida ta‘riflamoqdalar.Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini o’zaro aloqalarni
chuqurlashtirishga qaratilgan va barcha milliy iqtisodiyotlarni olg’a qarab
rivojlanishini ta‘minlovchi bir butun jahon iqtisodiyotini shakllantirish sifatida
ko’rish mumkin.

Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling