Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti 3-kurs i-91guruh talabasi Alimov Umidning Global Iqtisodiyot fanidan
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari va asosiy omillari
Download 35.9 Kb.
|
Umid Alimov
2.Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari va asosiy omillari
Globallashuv jarayoni – butunjahon tarixining qonuniy bosqichidir. U ob‘ektiv bo’lib, inson-sub‘ekti ongiga bog’liq bo’lmagan holda ishlab chiqarish kuchlari o’sishidagi asosga egadir. Globallashuvga iqtisodiy yondashuv tarafdorlari bu jarayonni iqtisodiy hayotning baynalmanallashuvining yangi bosqichi deb hisoblab, zamonaviy mamlakatlararo xo’jalik aloqalari uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanganligini e‘tirof etadilar. Xo’jalik aloqalarining har bir shakli milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi natijasi bo’lib, hozirgi davrda ishlab chiqarish, savdo, moliya-kredit sohalarining birligi jahon xo’jaligi shakllanganligidan dalolat beradi. XX asrning so’nggi o’n yilligida baynalminallashuv va transmilliylashuv atamalari iqtisodiy adabiyotlarda qo’llanila boshlandi. Keyinchalik esa milliy xo’jalik aloqalarining tez rivojlanishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ularning baynalminallashuvidan transmilliylashuvga va XX asr oxirida globallashuv bosqichiga o’tishiga turtki bo’ldi. Globalashuv jarayoni mamlakatlar iqtisodiyotni jahon bozoridagi o’zgarishlarga bog’liq bo’lishini birldiradi. Yer yuzida 200 dan ziyod mamlakat bo’lsa, ularning bir qismi integratsiyalashuv ittifoqlariga kiradi, boshqalari esa unda ishtirok etmaydi, biroq globallashuv jarayoni ta‘sirida bo’ladi. Globalashuv jarayoni mohiyatan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq bo’lib qolishi demakdir. Globalashuv jarayonida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki resurslar ham dunyodagi talab-ehtiyojga qarab mamlakatlar o’rtasida taqsimlanadi. Ish kuchi, kapital, xom ashyo va energiya omillari, yangi texnologiya va yangi g’oyalar dunyo uzra tez tarqaladi. Yangiliklar umumbashariy doirada yuz beradi. Natijada dunyodagi iqtisodiy o’sish jadallashadi. Globallashuv jarayoni xalqaro maydonda hamkorlikni ham raqobatni uyg’unlashuvi va kuchayishi kabi birdek o’zida namoyon etadi. Bundan tashqari, raqobatlashayotgan guruhlar o’rtasidagi kurashda o’z mavqe‘ini mustahkamlashbunday har bir guruh doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchlarni birlashtirishni ham talab etadi. Ba‘zi holatlarda shunday bir vaziyatlar ham yuzaga keladiki, bunda jahon bozoridagi aynan bir sub‘ektlar bir sohada raqobatdosh bo’lsalar, boshqa bir sohada hamkorlik qiladilar. Shunday qilib, globallashuv jarayoni Yer kurrasining turli tomonlari o’rtasida o’zaro ta‘sir hamda bog’liqliklarning o’sishini nazarda tutar ekan. Tadqiqotchilar bunday holatlarni tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida kuzatganlar. Masalan, jahonning turli mamlakatlarida o’sha paytdagi insoniyat tarixida Buyuk Ipak yo’li, Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati katta bo’lgan yoki 1929 yilgi ― qora seshanba‖ning ta‘siri chuqur iz qoldirgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini o’zaro aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan va barcha milliy iqtisodiyotlarni olg’a qarab rivojlanishini ta‘minlovchi bir butun jahon iqtisodiyotini shakllantirish sifatida ko’rish mumkin. Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirmay turib to’liq miqyosdagi globallashuvga erishib ham bo’lmaydi. Bunda mamlakatni o’z manfaatlarini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etmaslik juda muhim, balki globallashuv jarayoni davomida ularni amalga oshirishga imkon yaratib berishga yordam berish lozim.Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‟ektiv manbalari va asosiy omillari Globallashuv atamasi hozirgi davrda uni qaysi sohada ishlatilishiga qarab, turli mazmunni anglatadi. Globallashuvga iqtisodiy ma‘no beruvchilar asosan XX asrda yuz berayotgan jarayonlarni uzoq tarixiy davrning, ya‘ni milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvidan, uning globallashuviga o’tishi ekanligini ta‘kidlashadi. Ular shu bilan birga globallashuvni iqtisodiy hayot baynalminallashuvi rivojlanishuvining yangi sifat bosqichi sifatida ta‘riflamoqdalar. Download 35.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling