Mustaqil ishlash uchun savollar
Download 35 Kb.
|
2-mavzu. javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulq , xulq-atvor
- 2.Etikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating. Javob:2
Mustaqil ishlash uchun savollar 1.Odob, xulq, axloq tushunchalariga ta’rif bering. Javob:1 Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. Xulq , xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari xulqdan tashqari odob va axloqni oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng, axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahalla koʻy doirasida sezilarli darajada koʻzga tashlanadi. Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, xulq yaxshilik va yomonlik, burch, joʻmardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va boshqa axloqiy meʼyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa xulq bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi.Xulq oʻzicha, „sof“ olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xatti-harakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xatti-harakatlarda namoyon boʻlishi — xushxulqlilik, salbiy aʼmollardagi koʻrinishi — badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson muloyim, shirinsuxan, oqkoʻngil, mexribonlik bilan munosabatda boʻlsa, badxulq odam qoʻpol, bemehr va h.k. boʻladi. 2.Etikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating. Javob:2 Axloqiy kategoriyalarga hayotning mazmuni, baxt va boshqalar ham kiradi. Yaxshilik va yomonlik Yaxshilik va yomonlik axloqiy baholashning eng umumiy shakllari bo'lib, axloqiy va axloqsizlikni chegaralaydi. Adolat, Vazifa, Vijdon, Mas'uliyat, Qadr va sharaf, Gumanizm axloqiy tamoyil sifatida 3.Etiket deganda nimani tushunasiz. 4.Estetik ong shakllarini tushuntiring. 5.Estetika kategoriyalariga ta’rif bering. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling