Farg’ona viloyati Beshariq tumani mtb tasarrufidagi №58-dmtt da 2022-o’quv yili davomida kadrlar bilan ishlash,tashkiliy pedagogik ishlar,ota-onalar va kuzatuv kengashi bilan ishlash,maktab,mahalla va boshqa tashkilo tlar bilan hamkorlik


Download 20.49 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi20.49 Kb.
#1068668
Bog'liq
yillik hisobot


Farg’ona viloyati Beshariq tumani MTB tasarrufidagi №58-DMTT da 2022-o’quv yili davomida kadrlar bilan ishlash,tashkiliy pedagogik ishlar,ota-onalar va kuzatuv kengashi bilan ishlash,maktab,mahalla va boshqa tashkilo tlar bilan hamkorlik ishlari,ma’muriy-xo’jalik ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOT.
Men Abduvalieva Xavasxon 58-maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018-yil 20-apreldan boshlab faoliyat olib bormoqdaman.Maktabgacha ta’lim tashkilotimiz Beshariq tumani Qorajiyda qishlog’ida joylashgan.Men ishlayotgan tashkilotda 3 ta uzun guruh va 2 ta qisqa muddatli guruh faoliyat olib bormqda.Tashkilot tarbiyalanuvchilari soni esa 114 nafarga yetdi.
Tashkilotda 36 nafar ishchi hodim faliyat olib boradi.Shundan mudira,2 nafar hamshira,2 nafar musiqa rahbari,1nafar jismoniy tarbiya yo’riqchisi,1nafar xareograf,7 nafar tarbiyachi,5 nafar yordamchi tarbiyachi ,1 nafar defegtolog,1 nafar til o’qituvchisi va texnik hodimlardan iborat.O’quv yili
2022-yil “Inson qadrini ulug’lash vafaol mmobaynida ahalla yili deb nomlandi” va MTTning mahalla va jamoa bilan hamkorligi yanada kuchaydi.Men o’z ish faoliyati davomida O’zbekiston Respubliksining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni,O’zbekiston Respublikasi “Milliy dasturi”,”O’zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”,”Ilk qadam” o’quv dasturi,2016-yil 29-dekabrdagi PQ 2707-sonli qaroriga muvofiq ,Vazirlar Mahkamasining 155- sonli qarori asosida ishlar tashkillangan.Qaror va farmonlarijrosini taminlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Tashkilot “Ustavi”,” Ish tartibi”, “Ichki mehnat tartibi”ga amal qilib o’z ishlarimni tashkillaganman.O’quv yili mobaynida tarbiyalanuvchilarni ta’limini amalga oshirish ,sog’lig’ini saqlashva tiklash uchun rivijlantiruvchi muhitni yaratish maqsadida birmuncha ishlar amalga oshirildi.
Ta’lim tarbiya jarayoni rejalashtirilgan holda olib borilmoqda va ijobiy natijalar qo’ga kiritilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasuri talablari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodning istiqlol mafkurasi asosida sog’lom ,har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.PQ2707 ga asoslanib O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 30-sentabr kuni PQ 3305 sonli qarori qabul qilindi. Bu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida maqsadli ishlar olib borilmoqda.
Prizidentimiz tomonidan tarbiyachilarimiz ma’naviytarafdan rag’batlantirib borilmoqda.Shunday ekan bunday sharoitda faqat va faqat ishlash kerak.
KADRLAR BILAN ISHLASH.O’quv yili davomida barcha pedagog hodimlar maktabgacha ta’lim tizimidagi yangi huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirilib borildi.Prizident farmonlari,MTVning qonun va qarorlari,MTBning qaror va buyruqlari shular jumlasidandir.Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi ta’lim sohasidagi yangiliklar ham yetkazib borildi.
Kadrlar malakasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yich tuman MTBda tashkil etilgan yig’ilish ,seminar va bayram tadbirlarida pedagog hodimlar ishtiroki ta’minlandi.
Pedagog hodimlarning malaka toifasini oshirish bo’yicha tashkil qilingan test sinovlarida tarbiyachi-metodist Jo’raeva Shaxnoza ikkinchi malaka toifasi uchun muvafaqqiyatli natijani qo’lga kiritdi.
Tashkilot pedagoglari malaka oshirish kurslarida o’z mahoratlarini oshirib ,olgan yangiliklari bilan o’rtoqlashib ,ta’lim tarbiya jarayonida bu yangiliklarni faol qo’llashga erishildi.
O’quv yili davomida ta’limiy tarbiyaviy ishlar “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari ” bola shaxsining rivojlanishida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolaning “Rivojlanish xaritasi ” yuritilib , bolaning anashu davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari va kamchiliklari yoritib borilmoqda.
2022- o’quv yiliga belgilanganasosiy vazifalardan biri “Ustoz- shogird” an’analarini ta’limiy tarbiyaviy va uslubiy ishdagi samaradorligini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotining buyrug’i asosida yuqori kasb mahoratiga ega shaxslarga shogirdlar biriktirildi va har bir juftlik o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga asoslanib ishlab chiqilgan rejaga tayanib , tizimli ishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalari ,asarlari pedagog hodimlar tomonidan muntazam o’rganib borildi.Ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan voqelikka oqilona baho berishni ta’minlash uchun maxsus o’quv mashg’ulotlari tashkillantirildi. Har bir guruhning ma’naviy marifiy burchagi ko’rgazmali qurollar va uslubiy tavsiyalar bilan boyitildi.
Tashkilot hodimlari bilan birgalikda tashkilotdagi barcha hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 155-sonli buyrug’i asosida yuritilishi qaytadan ko’rib chiqilib,nazoratga olindi va yuritilishi yuzasidan pedagog hodimlarga tavsiyalar berildi.
Barkmol avlodni tarbiyalashda oila,maktab, mahalla hamkorligida “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona ” shiori ostida bolalarga ta’lim tarbiya berishda o’zaro hamfikr bo’lib, bolalar maktab ta’limiga tayyorlanmoqda.
“Ilk qadam ” o’quv dasturi asosida har bir guruh o’z ish rejasini tuzib oldi va shu ish reja asosida o’quv yili davomida faoliyat yuritdi.Tashkilot pedagoglari tomonidan ta’lim tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida guruhlarda markazlar tashkil etildi va ta’limiy o’yinlar , ko’rgazmalar bilan qo’shni ota -ona boyitildi.
TASHKILIY MASALALAR.Yanvar oyida muassasaning barcha guruhlarida 14- yanvar-“Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish ,tarbiyalanuvchilarda Vatanparvarlik burchga sadoqat,xushyorlik va ogohlik tuyg’ularini mustahkamlash,mamlakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiyhizmatning nufuzini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan sa’y harakatlarning mazmun mohiyati bilan yanada chuqurroq tanishtirish maqsadida bayram tadbirlari o’tkazildi.
8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining belgilangan chora-tadbrlari belgilangan.Bayram munosabati bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisi xotin -qizlarga bag’ishlangan shiorlar bilan bezatildi va bayram tadbiri o’tkazildi.Tashkilotda 5-6 yosh qiz bolalar ishtirokida “Zumradoylar davrasida ” ko’rik tanlovi tarbiyachilar hamda ota-onalar ishtirokida tashkil etildi.
21-mart “Navro’z ”bayramini nishonlash maqsadida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda bahor ne’matlaridan dasturxonlar tuzaldi.
9-may –“Xotira qadirlash kuni”ga bag’ishlab tashkil etilgan tadbir ko’tarinki ruhda va tinch osuda o’tkazilishinita’minlash maqsadida kengaytirilgan yig’ilish tashkil etildi.
Iyun –“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ”hamda 30-iyun Yoshlar kunini keng nishonlash ,o’sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va ularni yuksak marralarga chorlash maqsadida “Baxtli bolalik”loyihasini amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar ,ishchi guruh tarkibi tuzildi va tashkilotda bayram tadbiri o’tkazildi.
Tashkilot Beshariq tumani maktabgacha ta’lim bo’limining 2022-yild may oyidagi buyrug’i,ya’ni,maktabgacha ta’lim muasassasida “Yozgi sog’lomlashtirish oyligini o’tkazish” buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar olib borildi.
Tashkilotda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”ko’rik tanlovi tashkil etildi va unda Qo’ziyeva Shaxnoza birinchi o’rinni egallab tuman miqyosida tashkil etilgan tanlovga yo’llaanma oldi.
Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekisto nda el aziz inson aziz ”shiori ostida bayram tadbiri tashkil etidi.Tadbirda barcha tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.
Oktabr oyida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkilotimizda” Ustozga ta’zim”nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Bu tadbirda fahriy ustozlar taklif qilindi va ularga esdalik sovg’alari topshirildi.
21- oktabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun “munosabati bilan katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida ochiq ta’limiy faoliyat tashkillandi.
Noyabr oyida “Hosil bayrami ”tashkil etildi.Bunda MTThovlisida tarbiyalanuvchilar uchun ko’rgazmalar tashkillandi.
18-noyabr O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan Tayyarlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
8-dekabr Konisitutsiya kuni munosabaati bilan barcha guruhlar o’rtasida “Konisitutsiya -baxtimiz qomusi”deb nomlangan tadbir tashkil etildi.Bolalar tomonidan Konisitutsiya haqida sherlar aytildi.
10- dekabr O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o’tkazildi.Bunda bolajonlar o’zlarining chiqishlari bilan davraga fayz bag’ishladi.
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini yanada mazmunli o’tkazish bo’yicha qabul qilingan “Bir bolaga besh kitob” shioriostida tadbir va ko’rgazma tashkil etildi.Bu tadbirda ota- onalar o’z farzandlariga kitoblar sovg’a qilishdi.
Hozirgi kunda MTTda Yangi yil bayram tadbiriga qizg’in tayyorgarlik olib borilmoqda.


MTT direktori X.Abduvalieva



Download 20.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling