Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobo t
Download 20.8 Kb.
|
Hisobot shablon
- Bu sahifa navigatsiya:
- MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA H I S O B O T
- Toshkent - 2021
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA H I S O B O T Toshkent shahar statistika boshqarmasi (amaliyot o’tagan korxona nomi) Bajardi: 3-kurs ST-52 guruh talabasi Nosirov Timur (kurs, guruh, f.i.sh.) Amaliyot rahbari:___________________________________ (lavozimi, F.I.SH.) Hisobot himoya qilingan hayat a’zolari: _______________________ _______________________ _______________________ ________________________ Himoya natijasi: “____” ball «_____» ____________ 20___ y. Toshkent - 2021 Men birinchi kuni amaliyot o’tash joyiga bordim ya’ni Ipoteka bank ATIB navoiy viloyat filialiga. Birinchi navbatda Kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimi bilan ko’rishdim. Unga universitet tomonidan berilgan yo’llanmani taqdim qildim. Kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimi meni Bank kartalari bo’limiga amaliyotchi etib tayinladi. Bank kartalari bo’limi xodimlarini menga tanishtirdi. Amaliyot rahbarim meni avvalo mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Mijozlardan qanday hujjatlar qabul qilish, qanday holatda qabul qilish va qanday muomala qilish haqida tushunchalar berdi. Unga ko’ra mijozlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz xizmat ko’rsatmaslik haqida ogohlantirdi. Meni birinchi qilgan ishim bank kartalarini olish uchun kelgan mijozlarga bank kartalarini taqdim qildim va olishganligi haqidagi kitobga imzo chektirib oldim. Bank kartalarini berishdan oldin agar UzCard karta bo’lsa oldin ASBT Smart Vesta nomli Ipoteka bank bazasidan shu kartani topib faollashtirib mijoz istagan parol qo’yib, tayyor kartani mijozga taqdim qildim. Deyarli bir haftacha shu ishlarni bajardim. So’ng menga baza bilan ishlashni o’rgatishni boshlashdi. Bank kartalari olish uchun kelgan mijozlardan arizalarni qabul qilib oldim va bu arizalarni bazadan ro’yxatdan o’tkazdim. Har kuni 45-50 tacha arizani bazaga kiritdim. So’ng tayyor kartalarni maxsus qurilma orqali foydalanishga tayyor holga keltirdim. Bu jarayon taxminan 30 daqiqa oladi. Bank kartalarini berishni o’rganib olgach, karta bo’yicha muammolari bilan kelgan mijozlarga xizmat ko’rsata boshladim. Masalan karta parolini xato terib kartasini bloklab qoygan mijozlar, kartasidan pul yo’qolgan mijozlar, sms xabarnoma telefon raqamini o’zgartirmoqchi bo’lgan mijozlar, kartasini bloklamoqchi bo’lgan, yo’qolgan yoki shikastlangan kartani qayta tiklamoqchi bo’lgan mijozlarga xizmat ko’rsatdim. Bank kartalari bo’limi kartalar bilan ishlashdan tashqari Bankomatlar bilan ham ishlaydi. Bankomatda doim pul bo’lishini ta’minlaydi. Kartalari qolib ketgan mijozlarga kartalarini Bankomatdan olib berdim. UzCard Bankomatlarda qoldiq summani online kuzatish imkoniyati bor. Shundan foydalanib puli kamaygan bankomatlarni darhol pul bilan ta’minladim. Humo bankomatlarda bunday tizim mavjud bo’lmaganligi uchun ulani yoniga borib bankomatni o’zidan hisob chekini chiqarish orqali bilib olardim va shunga qarab ish yuritardim. Bank kartalari bo’limi yana mijozlarga terminal berish bilan ham shug’ullanadi. Yangi tashkil etilgan korxona, yatt, firmalar terminal olish uchun kelishardi. Men ularga arizalarni taqdim qilardim, ular menga arizani to’ldirib berishardi. Men arizalarni qabul qilib bazadan ro’yxatdan o’tkazardim. Terminallarni dasturlab ularni bazadan ro’yxatdan o’tkazish ishlarini amaliyot rahbarim bajarar edi. Ipoteka bankda bank kartalari mavjud. Ular uzcard, humo, visa kartalari mavjud. UZCARD bank kartasi
HUMO plastik kartalari
VISA Classic
Bank kartalari bo’limidan tashqari Kredit monitoring bo’limida ham amaliyot o’tadim. Menga kredit berish tartibi haqida tushuntirishlar berildi va kredit berisg jarayonini kuzatdim. Bu orada kredit turlarini ,kimlarga qanaqa kredit, qancha miqdorgacha, nechchi foizdan berilishlarini o’rgandim. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan xaridlarning ayrimlari kredit hisobiga amalga oshirilmoqda. Kredit sizga biror-bir xarid uchun kerakli summani jamlamasdan, balki xaridni o’sha ondayoq amalga oshirish, o’z istaklaringizni ijrosini kelajakka qoldirmagan holda yashash imkonini beradi. Ipoteka bank kreditlari 2 turga bo’linadi: 1. Ipoteka kreditlari. “MAQUL IPOTEKA” krediti. Miqdori 400000000 so’mgacha , kredit maqsadi uy-joy sotib olish uchun, kredit muddati 240 oygacha. Kredit foizi 17.5 % “OSON IPOTEKA” krediti Miqdori 339.15 mln so’mgacha, maqsadi uy joy sotib olish uchun, kredit muddati 18 %dan 20 yilgacha. “IPOTEKA KREDITLARI” krediti Miqdori 400 mln so’mgacha, muddati 120 oygacha, kredit maqsadi uy-joy sotib olish uchun. 2.Iste’mol kreditlari. “QALQON” krediti Miqdori 367500000 so’mgacha, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oy ,yillik foiz stavkasi 22% ni tashkil qiladi. “QALQON” mikroqarz Miqdori 24500000 so’m , maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha. “FIDOKOR”avtokrediti Miqdori 367500000 so’m, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oygacha “FIDOKOR” mikroqarz Miqdori 24500000 so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha. “TA’LIM “ krediti Miqdori har yilgi to’lov kontrakti shartnoma summasi, muddati 7 yilgacha. “VATANPARVAR” iste’mol krediti Miqdori 10 mln so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 18 oygacha. “QULAY” iste’mol krediti Miqdori 24500000 so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun , muddati 24 oygacha. “ONLAYN” mikroqarz Miqdori 24500000, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha. “MIKROQARZ” Miqdori 50 mln so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlari uchun, muddati 12-24 oygacha. “AVTOKREDIT” Miqdori 334500000 so’m, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oy. “ISTE’MOL” krediti Miqdori 33450000 so’m maqsadi ijtimoiy ehtiyojlar uchun, muddati 36 oygacha. Omonatlar 1.”NIHOL” – yillik foiz stavkasi 17-18-20% , omonat muddati 3-6-12 oy, eng kam miqdori 500000 so’m, qo’shimcha mablag’ qo’shish imkoniyati mavjud. 2.”NAVQIRON” – yillik foiz stavkasi 14% , omonat muddati 192 oy. 3.”MUSTAQILLIK”- yillik foiz stavkasi 11%, omonat muddati 12 oy, qo’shimcha mablag’lar qo’yish imkoniyati mavjud. XULOSA
-o’zining hamda mijozlarning faoliyatida majburiy va bolalar mehnatidan foydalanish, shu jumladan paxta-yig’im terimini tashkil qilishda ishchi xodimlarning majburan jalb qilinishi holatlariga yo’l qo’ymasligi; -bank xodimlari bilan ham, bank mijozlari bilan ham barcha masalalada, va ayniqsa majburiy mehnat hamda paxta terimiga jalb qilinish holatlari bo’yicha murojaat va shikoyatlarni qonunchiikda belgilangantartibda ko’rib chiqilishi tizimning samarali faoliyatini ta’minlashi; O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka Bank professionalismning yuqori standartlariga muvofiq bo’lish, yangiliklarni qo’llash, yangi g’oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Mijozlarga keng ko’lamdagi bank xizmatlrini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko’tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko’maklashishga intiladi. Bankning mijozlari bilan o’zaro munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam bo’lishi uchun Ipoteka Bank bundan keyin ham sifatli xizmat ko’rsatishni davom ettirish niyatida. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling