hisoblangan german yerlari (federatsiya subʼyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxati asosida proporsional tizim boʻyicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham qoʻllaniladi. - Saylov kishilik jamiyatidagi eng qadimiy tadbirlardan hisoblanadi. Albatta saylovlarni hozirgi darajadagi mazmunga ega bo’lishi uchun ko’p vaqt o’tdi. Saylov har bir ijtimoiy tizimda (davrda) o’ziga xos ko’rinishda, mazmunda namoyon bo’lgan. Masalan: quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar kapitalizm, sosializm davrlaridagi saylovlardan tubdan farq qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun mohiyatiga ta’sir qilgan bo’lsa, saylov ham o’z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir qilgan. Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir.
- Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali namoyon bo’ladi. Ovoz berishni esa turlari har xil bo’lib, ular orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo’lgani bu – hokimiyat organlarini, tuzulmalarni tuzishda qo’llaniladigan ovoz berish, ya’ni saylovdir. Bu ovoz berish qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi sifatida mustahkamlanib, siyosiy huquq tarzida e’tirof etiladi. Saylov – saylov huquqi orqali namoyon bo’ladi. Saylovlar XX asrda ayniqsa rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi. Hozirgi paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan.
- Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali namoyon bo’ladi. Ovoz berishni esa turlari har xil bo’lib, ular orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo’lgani bu – hokimiyat organlarini, tuzulmalarni tuzishda qo’llaniladigan ovoz berish, ya’ni saylovdir. Bu ovoz berish qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi sifatida mustahkamlanib, siyosiy huquq tarzida e’tirof etiladi. Saylov – saylov huquqi orqali namoyon bo’ladi. Saylovlar XX asrda ayniqsa rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi. Hozirgi paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan.
- Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, O`zbekistonda majoritar saylov tizimi qoʻllaniladi. Masalan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi bo`yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko`pining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham ko`pchilik ovozini ololmasa, yaʼni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
Fuqarolarning saylov huquqiga egaligi BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi” da belgilab qo’yilgan. Uning 21-moddasi “a” bandida “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatlarini boshqarishda qatnashish huquqiga ega” 1 ekanligi yozib qo’yilgan. Хuddi shu mazmundagi qoida “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt”da ham mustahkamlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |