Farg`ona Politexnika Instituti 66-21 KT guruh talabasi “O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. 2021-2022 Saylovlar-demokratiya ko`zgusi. Mustaqil O`zbekistonda saylov tizimi. Reja: 1.Demokratik huquqiy davlat qurish saylov tizimi. 2.Saylovning ijtimoiy hayotimizda tutgan o`rni 3. Yangi O`zbekistonda yangi saylovlar - “Har qanday demokratik davlatda saylovlar eng muhim konstitusiyaviy-huquqiy institut hisoblanadi. Saylovlarning xalqaro e’tirof etilgan qoidalar asosida, oshkora o’tkazilishi demokratik prinsiplarning amalda ekanidan dalolat beradi. Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lini tanlagan O’zbekiston eng ilg’or demokratik prinsiplarga asoslangan saylov tizimini yo’lga qo’ydi.
- Saylov tizimi — saylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi xuquqiy normalarning majmui. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi. Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qoʻllaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati) muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllaniladi. . Mutlaq koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) ko`p ovoz (yaʼni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
- Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, qayta ovoz berish o`tkaziladi, bunda nomzodlar ro`yxatida nisbatan ko`p ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Baʼzan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish o`tkaziladi, buning natijalari boshqacha tizim buyicha aniqlanadi. Nisbatan kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan o`z raqiblarining har biriga nisbatan ko`p ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Bu tizimda ko`pincha saylovchilarning qo`llab quvvatlashiga ega boʻlmagan partiya parlamentda koʻp o`ringa ega bo`lishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir qancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllaniladi. Shuningdek, majoritar tizimning kamdan kam hollarda qoʻllaniladigan yana bir turi malakali ko`pchilik asoslangan majoritar tizim ham mavjud.
- Proporsional Saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib, bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va boshqa ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi. Proporsional Saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya oʻz vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.. Saylovchilarning ovozi belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Saylovchilarning ovozi belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi Bu oʻrinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi.
- Aralash Saylov tizimi oʻzida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Masalan Germaniyada Bundestagga saylovlarida aralash tizim qoʻllaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim boʻyicha, 2-yarmi esa, ko`p mandatli saylov okruglari
Do'stlaringiz bilan baham: |