Gulchexra Axmedovaning "Hamshiralik ishi "
Download 1.37 Mb.
|
204x-OCHIQ DARS Axmedova G. yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMA Qatnashdilar
- Pediatriya kasalliklarda psixosomatik buzilishlar va ular bilan psixologik muloqot
- Ochiq darsdan fotolavha Ochiq darsdan fotolavha
FARG`ONA TUMANI TIBBIYOT KOLLEJI Kasbiy fanlar kafedrasi “Tibbiyot psixologiyasi ” FANI O’QITUVCHISI Gulchexra Axmedovaning “Hamshiralik ishi ” yo’nalishi 204-GURUHDA “ Pediatriya kasalliklarda psixosomatik buzilishlar va ular bilan psixologik muloqot” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars BAYONNOMASI Farg’ona tumani 21.11.2022 BAYONNOMA Qatnashdilar: Uslubchi : G.Qo’shaqova Akusherlik ishi fani o’qituvchisi S.A’zamova Terapiya fani o’qituvchisi : SH.Sodirjonova Gigiena fani o’qituvchisi: N.Allomova Ginekologiya va repraduktiv salomatlik fani o’qituvchisi V.Xomidova va Hamshiralik ishi yo’nalishi 204 -guruhi o`quvchilari. 21.11.2022 kuni Farg`ona tumani tibbiyot kollejida “Tibbiyot psixologiyasi”fanidan Hamshiralik ishi yo’nalishi 204-guruhi o’quvchilari tomonidan ochiq dars tashkillandi. Ochiq dars mavzusi “Pediatriya kasalliklarda psixosomatik buzilishlar va ular bilan psixologik muloqot ” Mashg`ulotdan ko`zlangan maqsad: O’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, bemorlar bilan psixologik muloqot qilish,o’z kasbiga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortirish. Salomlashildi, navbatchi axboroti tinglandi, siyosiy daqiqa o’tkazildi, o’quvchilarni darsga tayyorliklari tekshirildi. Darsni boshlashdan oldin fan o’qituvchisi G.Axmedova tomonidan ma’naviyat daqiqasi tarzida “1-Dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish” kuniga bag’ishlab videorolik taqdim etildi va o’quvchilarni o’z kasbiga qiziqishlarini yanada ortirish maqsadida tushunchalar berildi. So’ng o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun kichik guruhlarga bo’linish buyurildi va guruhlarga nom berildi, guruh sardorlari tayinlandi. 1-guruh “Aqilvoy ”guruh sardori: O’.Otanazarova 2-guruh “Bolajon” guruh sardori : Z.Djurayeva 3-guruh”Erkatoy” guruh sardori: M.Erkinjonova deb nomladilar. O’quvchilar o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’qituvchi tomonidan “OROLCHA ” metodi qo’llanildi. Bu metod yordamida o’quvchilarni fikrlash tezligi tekshiriladi.Bu metotda kanvertlarga savollar yashiringan bo’lib guruh sardorlari tanlaydilar va ichidagi savollarga javob beradilar , guruh ishtirokchilari savollarga to’g’ri javob bersa rag’bat tariqasida kartochkalar tarqatiladi va finish tomon stikerlar yopishtirib boriladi finishga birinchi yetib borgan guruh g’olib deb topiladi . Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar o’qituvchi tomonidan rag’bat kartochkalari orqali taqdirlandilar. So’ng yangi mavzu: “Pediatriya kasalliklarda psixosomatik buzilishlar va ular bilan psixologik muloqot” mavzusi o’qituvchi tomonidan rejalar asosida bayon qilindi. Yangi mavzuni videoroliklar va prezintatsiya asosida tushunarli tarzda bayon qilindi. Yangi mavzu o’quvchilar tomonidan kichik guruhlarga bo’lingan holda “Sahna ko’rinishi”, tezkor savol-javoblar orqali mustahkamlandi va faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirildi. Mavzuga oid barcha amaliy ko’nikmalar bajarib ko’rsatildi.Darsni dam olish daqiqasida o’quvchilarga MANTIQIY SAVOLLAR berildi. Dars yakunida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga o’qituvchi tomonidan javob berildi, uyga vazifalar e’lon qilindi va barcha faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandilar. Dars qiziqarli va vaqt taqsimotiga amal qilingan holda, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foylanilgan holda tashkillandi. O’quvchilar faolligi yetarli darajada ta’minlangan. Uslubchisi : G.Qo’shaqova Akusherlik ishi fani o’qituvchisi: S.A’zamova Terapiya fani o’qituvchisi : SH.Sodirjonova Gigiena fani o’qituvchisi: N.Allomova Ginekologiya va repraduktiv salomatlik fani o’qituvchisi: V.Xomidova Dars o’tgan o’qituvchi: G.Axmedova Ochiq darsdan fotolavha Ochiq darsdan fotolavha Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling