Farg’ona viloyati Farg’ona shahar 38-o’rta ta’lim maktabi psixologi Mohira Toshmatovaning 2020-2021 o’quv yili sentabr-oktabr oyida bajargan ishlari hisoboti


Download 1.66 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.66 Mb.
#214790
Bog'liq
38-maktab Sentabr-oktabr HISOBOTI


Farg’ona viloyati Farg’ona shahar 38-o’rta ta’lim maktabi psixologi Mohira Toshmatovaning 2020-2021 o’quv yili sentabr-oktabr oyida bajargan ishlari

HISOBOTI

2020 yil setabr oyida Farg’ona shahar 38-o’rta ta’lim maktabida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- 2020 yil sentabr kuni 21-maktabda xalq ta’limi tomonidan o’tkazilgan onlayn yig’ilishda ishtirok etildi. Yig’ilishda ish rejalarni tuzish, hujjatlar bilan ishlash haqida ma’ruza tinglandi.

-yillik, oylik ish rejalari tuzilib, maktab pedagogik kengashida ko’rib chiqildi va tasdiqlatildi.

- psixologik xizmat xonasi va ish xujjatlari tartibga keltirildi;

- yuqori tashkilotlardan kelgan qaror,xat, buyruqlar ijrosi ta’minlandi;



- psixologik xizmat xonasi me’yoriy hujjatlar tartibga solindi va “Ishonch qutisi” tashkil etildi.

- o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar bilan olib boriladigan suhbat daftari yo’lga qo’yildi;

- darslarni psixologik tahlil daftari yuritildi;

- psixologik profilaktika, diagnostika, psixokorreksion va moslashish sohasida o’qitish uchun zarur bo’lgan materiallar banki tuzildi.



- 15 sentabr kuni 1-sinf o’quvchilarida o’quv motivatsiyasini aniqlash maqsadida N.G.Luskanovaning “O’quv motivini baholash” metodikasi o’tkazildi. 1”B”-sinf o’quvchilari 32 nafar bo’lib, 1”B”-sinf o’quvchilari 30 nafar bo’lib, 62 nafari metodikada qatnashdi va o’quvchilarni barchasi moslashganligi aniqlandi.


- 16 sentabr kuni “O’quvchilar bilan muloqot qilish” bo’yicha maktab pedagoglari, sinf rahbarlari bilan suhbatlar o’tkazildi va maslahatlar berildi.

- 18-19-sentabr kunlari 2-sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan onlayn “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh hususiyatlari” mavzusida suhbat olib borildi;

- 20-21- sentabr kunlari 3-sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan onlayn “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh hususiyatlari” mavzusida suhbat olib borildi;

- Onlayn suhabat natijasida ota-onalar farzandlariga,dars mashg’ulotlariga yanada e’tiborli bo’ldilar;

- 18-22-25-29-sentabr kunlari 1”A”, 2”B”, 3”B”, 4”A” sinf darslari tahlil qilindi.

2020 yil oktabr oyida Farg’ona shahar 38-o’rta ta’lim maktabida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
2020 yil oktabr kuni 16-maktabda xalq ta’limi tomonidan “Kasblar oyligi” boshlanganligi va chora tadbirlar tayyorlash bo’yicha o’tkazilgan vebinarda ishtirok etildi.

4”B” sinfda o’quvchilari o’rtasida “Meh sevgan kasb” mavzusida trening mashg’uloti o’tkazildi. O’quvchilar ozlar qiziqqan kasblari haqida gapirib berdilar va rolli o’yinlar o’ynadilar. O’quvchilarni kasbga qizishlari ortirildi.





  • 7”B”-sinf o’quvchilariga “Men orzu qilgan kasb” mavzusida suhbat o’tkazildi. 7”B”-sinfda 26 nafar o’quvchi bo’lib, 18 nafari ananaviy suhbat, 8 nafari bilan onlayn o’tkazildi.




  • 28-sentabr kuni 1-sinf ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. 1-sinf ota-onalariga farzanlariga e’tiborliroq bo’lishlari, darslarida yordamlashishlari haqida maslahatlar berildi.




  • 14 oktabr kuni 6-sinf o’quvchilari bilan “Mening yo’lim….” Mavzusida kasbga oid suhbat o’tkazildi. Oquvchilar 27 nafar bo’lib 21 nafari ishtirok etdi. Mavzu bo’yicha maktabning faxriy o’qituvchisi A.Djamolov o’quvchilarga tushunchalar berdi. O’quvchilarning qiziqqan va tanlagan kasblari, kelajakdagi orzulari haqida suhbat o’tkazildi.

Suhbat savol-javob tarzida o’tdi. O’quvchilarda kasblarga qiziqishlari orttirildi.



  • 22 oktabr kuni 7-sinflarda “To’g’ri ovqatlanish, jismoniy sog’liq” mavzusida tibbiyot hodimi bilan birga o’quvchilarga, sog’lom bo’lish uchun nimalar qilish kerakligi haqida suhbat o’tkazildi. 26 nafar o’quvchidan 22 nafari qatnashdi. Suhbat savol-javob tarzida bo’lib o’tdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.




  • 6,9,12,15,20,24,28,29-sentabr kunlari 5”A”, 7”B”, 6”B”, 10”A”, 5”B”, 7”A”, 9”A”, 11”A sinf darslari tahlil qilindi.








Maktab psixologi: M.Toshmatova
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling