Farg’ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 45-sonli umumiy


Download 0.52 Mb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1507951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ish reja Psixolog 2022 2023 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli

Tinglab tushunish
OTO‘S.3.TT.1 uchinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa yoki joy haqidagi maʼlumotlar so‘zlovchi tomonidan ochiq ifodalanganda savollarga javob bera oladi
OTOʻS.1.TT.2 dialog yoki suhbat jarayonida soʻzlovchining oʻzgarganini anglay oladi
OTOʻS.3.TT.3 soʻzlovchi nutqidagi ohangga tayanib soʻroq, darak, buyruq hamda his-hayajon gaplarni farqlay oladi
OTOʻS.3.TT.4 sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglagach, uning asosiy mazmunini, voqealar ketma- ketligi va gʻoyasini aytib bera oladi
OTOʻS.3.TT.5 sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida voqea-hodisa sodir boʻlayotgan makon hamda zamon haqida taxmin qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi
OTOʻS.3.TT.6 soʻzlovchining uch bosqichli hamda birma-bir aytilgan koʻp bosqichli koʻrsatmalarini tushunadi va ularga amal qila oladi
OTOʻS.3.TT.7 sinf darajasidagi ogʻzaki, media, reklama, badiiy hamda informativ matn haqida oʻz fi krini bildiradi va asoslab bera oladi
OTOʻS.3.TT.8 sinf darajasiga mos ogʻzaki matnlar uchun rasm, chizma, shakllarni tanlay oladi
Oʻqib tushunish
OTOʻS.3.OʻT.1 alohida yoki matn tarkibida kelgan sinf darajasiga mos soʻzlar hamda birikmalarni (tanish, notanish) toʻgʻri oʻqiy oladi
OTOʻS.3.OʻT.2 sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnlarni ravon hamda ifodali oʻqiy oladi
OTOʻS.3.OʻT.3 sinf darajasiga mos matndagi notanish soʻzlar maʼnosini aniqlash uchun bosma yoki electron lugʻatdan foydalana oladi
OTOʻS.3.OʻT.4 sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnlar, grafi k chizmalarda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (qahramonlar, faktlar, detallar)dan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi
OTOʻS.3.OʻT.5 sinf darajasiga mos qoʻllanma, retsept, xarita, mahsulot yorligʻida keltirilgan koʻp bosqichli koʻrsatmalarga amal qila oladi
OTOʻS.3.OʻT.6 taqvimdan foydalanib tugʻilgan kun, bayramlar, maʼlum sanalar, dam olish va taʼtil kunlarini belgilay oladi
OTOʻS.3.OʻT.7 sinf darajasiga mos matn hamda tasvirlarni oʻzaro moslashtira oladi
OTOʻS.3.OʻT.8 matnning maʼlum qismini oʻqib, keyinchalik sodir boʻlishi mumkin boʻlgan voqealar hamda ularning natijalarini taxmin qiladi, toʻliq oʻqib boʻlgach, taxminlarini matndagi voqealar bilan qiyoslaydi, matnni mantiqan davom ettira oladi
OTOʻS.3.OʻT.9 sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnlarda nazarda tutilgan mavzu, maqsad, asosiy gʻoya, saboqni aniqlaydi va javoblarini asoslab bera oladi
OTOʻS.3.OʻT.10 sinf darajasiga mos matnlardagi koʻchma maʼnoni tushunadi
OTOʻS.3.OʻT.11 sinf darajasiga mos badiiy matndagi bosh qahramonlarni aniqlaydi, ularni taʼrifl ab bera oladi
OTOʻS.3.OʻT.12 sinf darajasiga mos badiiy matnning xulosa qismini koʻrsata oladi
OTOʻS.3.OʻT.13 sheʼriy asarning syujetini, voqealar ketma-ketligini tushunadi, qayta aytib beradi, qofi yani aniqlaydi
OTOʻS.3.OʻT.14 sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnning mazmuni yoki gʻoyasi haqida savol berilganda javobini matn orqali asoslab bera oladi
OTOʻS.3.OʻT.15 onlayn media, reklama hamda sinf darajasiga mos badiiy va informativ matn kimga qaratilgani, muallif nazarda tutgan maqsadni, matn mohiyatini aniqlaydi, javoblarini matnga tayangan holda asoslab bera oladi

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling