Fargʻona viloyati Quvasoy shahar
1-IDUM 4-“B” sinfning faol
oʻzlashtiruvchi oʻquvchisi
Ahmadaliyev Nurshodbek
TAVSIFNOMA
Ahmadaliyev Nurshodbek sinfning eng bilimli, iqtidorli va ijodkor oʻquvchilaridan biri. Maktabga kirgan dastlabki kunlarimdan boshlab, oʻz qobiliyati va bilimi bilan ajralib turdi. Hamma fanlardan a’lo baholarga oʻqiydi. U oʻquvchilar oʻrtasida bir qator maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar va maktab hududidagi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etadi. Ahmadaliyev Nurshodbek oʻz ustida tinmay ishlaydi, aʻlochi va iqtidorli oʻquvchi sifatida sinfdagi oʻquvchilari orasida yaxshi obroʻ-eʻtiborga ega. Oʻqish davri mobaynida oʻzining mehnatsevarligi, muomalasi, naʻmunali xulqi bilan ajralib turdi. Bundan tashqari u darsdan boʻsh paytlarida maktabda tshkil etilgan inliz tili toʻgaragiga ham qatnashadi. Chunki u kelajakda malakali ingliz tili oʻqituvchisi boʻlish niyatida.
U doimiy ravishda oʻz bilim va malakasini, siyosiy-maʻnaviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qatʻiyat bilan ishlaydi.U kamtarin, toʻgʻri soʻz, doʻstlariga nisbatan mehribon va gʻamxoʻr. Men bu oʻquvchining kejakdagi oʻqishlarida hamda kasb egallashga boʻlgan intilishi yoʻlida katta muvafaqqiyatlar tilab qolaman.
Maktab direktori: Moʻminova N.
Amaliyotchi talaba: Ibragimova M.
Do'stlaringiz bilan baham: |