2Na + 2H2O = 2NaOH + H2; Na2O + H2O = 2NaOH; Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi. Kaliy gidroksidni olish uchun ham laboratoriya sharoitida kaliy metali va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi. Kaliy gidroksid turli kaliyli tuzlar olishda, suyuq sovun olish uchun ishqoriy akkumulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi. Natriy peroksid (Na2O2) natriy metalining yonishi natijasida hosil bo'lgan modda bo'lib, karbonat angidridni yutish xossasiga ega. Uning ana shu xossasidan suv osti kemalarining honalarida yig'ilib qolgan karbonat angidridni bog'lash maqsadida foydalaniladi. Vodorod peroksid olish uchun ham natriy peroksiddan foydalaniladi. Buning uchun sovuq sulfat kislotaga natriy peroksid ta'sir ettiriladi. - Natriy va kaliyning fizik va kimyoviy xossalarini aytib bering.
- 46 g natriyning suv bilan ta'sirlashishidan qancha xajm vodorod olish mumkin (n.sh.)?
- 8 % KOH tutgan 700 g ishqor eritmasi tayyorlash uchun qancha miqdor kaliy metalidan kerak bo'ladi?
- Natriy va kaliyni ularning tuzlari eritmalarini elektroliz qilib olish mumkinmi?
- Eng muhim natriy va kaliy tuzlari formulalarini yozing va nomini ayting.
- Natriy va kaliy birikmalari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
- 34,8 kg kaliy sulfat olish uchun zarur bo'lgan kaliy gidroksid va 20 %% li sulfat kislotasi massasini toping.
- Na, Na2O va osh tuzidan foydalanib NaOH hosil qilish reaksiyasi tenglamalarini yozing.
- CO2, P2O5, H3PO4, CuCl2 larni NaOH bilan o'zaro ta'sirlashuv reaksiyasi tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |