Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4) hamda qo'shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo'ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo'shib qizdirib olinadi): 2Na + O2 — Na2O2 Na-O-O-Na 4Na + O2 — 2Na2O Na-O-Na Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanib qoladi. Shuning uchun ularni kerosin ostida saqlanadi. Natriy va kaliyning boshqa metallmaslar bilan ta'siridan tuzlar hosil bo'ladi: 6K + N2 - 2K3N kaliy nitrid Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi. 2Na + S - Na2S natriy sulfid 2K + 5S — K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog'li qattiq moddalar. Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O — 2NaOH + H2T; 2K + 2H2O — 2KOH + H2T Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HCl, HBr, HJ, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi. NaOH, KOH, LiOH, RbOH, CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun hos bo'lgan barchja reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Natriy gidroksid NaOH. Amaliyotda natriy gidroksidni kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni olish uchun natriy metaliga, natriy oksid yoki peroksidga suv ta'sir ettirib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |