Farg’ona viloyati Rishton tumani 40-umumiy o’rta ta’lim maktabida


Download 15.45 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi15.45 Kb.
#1656919
Bog'liq
hisobot


Farg’ona viloyati Rishton tumani 40-umumiy o’rta ta’lim maktabida
2022-2023-o’quv yili yillik yakuni bo’yicha “Boshlang’ich ta’lim” metodbirlashmasida amalga oshirilgan ishlar
Hisoboti
Davlat ta’lim standarti biz o‘qituvchilarning oldimizga bir qancha vazifalarni qo‘ydi. Ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash,dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarga takomillashtirilgan reja asosida chuqur va hayotiy bilim berish, hir fikrli inson qilib tarbiyalash kabi masalalar biz o‘qituvchilarning oldida turgan eng muhim vazifadir. O‘qituvchilarning ta’lim –tarbiya sohasidagi olib borgan ishlarini rivojlantirish, Ilg‘or pedagogik tajribalrni o’rganish , darslarni yaxshi tashkil etish, yoki yangi safimizga kelgan o’qituvchialrga pedagogik yordam berish, pedagogik o’qishlar, seminarlar tashkil etish, fan kechalri va fan oyliklarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.Mazkur Nizom bilan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi. Nizom bo’yicha oʻqituvchilarga dars soatlarni taqsimlandi. Metod birlashmanining yillik bajariladigan ishlari rejasi tuzildi va o‘qituvchilar yillik ish rejasi bilan tanishtirib chiqildi.O‘qituvchilarning 2022-2023- o‘quv yilida bajardigan ishlari taqsimlab berildi. Fan oyligi davomida 2-4- sinf o’quvchilaridan fanlar bo’yicha diktant yozma ish, test sinovlari olinib tahlili qilindi.
Ona tili fanidan o’rtacha o’zlashtirish 82 % , matematika fanidan o’rtacha o’zlashtirish 81% tashkil qildi. Boshlang’ich sinflarda fan oyligi munosabati bilan tanlov va tadbirlar o’tkazildi. Jumladan: 10-sentabr kuni 1-4-sinf o’quvchilari o’rtasida “O’zbekiston vatanim mening” mavzusida o’tkazilgan she’rlar tanlovi, 16-sentyabr kuni 2-4- sinflar o’rtasida o’tkazilgan” Shaxmat va shashka” musobaqasi, 17-sentabr kuni 2-4-sinf o’quvchilari o’rtasida “O’zbekiston Vatanim mening” 23-sentabr kuni 1-4- sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Mehrjon bayrami” tadbiri, 2-4-sinf o’quvchilari o’rtasida “Bilimdon o’quvchilar ” mavzusida o’tkazilgan tanlovda barcha 2- 4 sinf o’quvchilari faol qatnashdilar. O’quvchilarda matematik savodxonlikni oshirish , iqtidorli o’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida o’tkazilgan tanlov namunali o’tkazildi. Har bir sinfdagi matematika faniga iqtidori bor o’quvchilar qatnashdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan o’quvchilar ishlari baholab, borildi. Go’lib o’quvchilar rag’batlantirildi. 30-sentabr kuni 1-4- sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Ustozlarga ta’zim” tadbirlari o’tkazildi fan oyligida tanlov va musobaqalarda g’olib bo’lgan o’quvchilar rag’batlantirildi. Fan oyligida barcha fanlardan ochiq darslar o’tildi.
A.Ikromov Svetofor metodi innovatsion usuli maktab miqyosida ommalashtirildi. Noyabr va dekabr oylarida o’tkazilgan rasmlar tanlovi va diktantlar tanlovi haqida ma’lumot berdi. 2-4- sinf o’quvchilari o’rtasida “Bayrogimiz faxrimiz ’ mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi. Barcha sinf o’quvchilari faol qatnashdilar.Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik- tanlovining maktab bosqichi tanlov nizomi asosida yuqori saviyada tashkil etishilishi
Ko‘rik-tanlov insho (diktant, ijodiy bayon, insho va savol javob) yo‘nalishida:
-2-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktant o’tkazilgani va natijalari bilan tanishtirdi. Tanlovda o’quvchilari g’olib bo’ldilar va taqdirlandilar. 2-A sinfida 9-fevral va 14 fevral kuni Buyuk bobolarimiz tavalludiga tadbirlar va sahna ko’rinishlari tashkillandi. Tadbirga MMIBDO’ Muqimova N va ota –onalar o’qutuvchilar taklif etildi. . 8- Mart Xalqaro xotin qizlar kuniga bag’ishlab 4-b sinfida o’tkazilgan “Onajonim mehribonim” mavzusida tadbirlar o’tkazildi. , 4-B sinfda Rahimova S, 4-A sinfda Ikromov A lar Assalom Navro’z tadbirini o’tkazdilar. “Zakovat ” intelektual musoqasini 2-sinflar o’rtasida otkazilgani va natijalar va tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Oquvchilarni matematika fanidan qiziqishlarini oshirish va bilimlarini baholash bo’yicha Zakovat intelektual musobaqasi o’tkazildi. Har bir sinfdan 6 o’quvchidan iborat guruh bo’lib qatnashdilar. Sinflar o’rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida qiziqarli savol va topshiriqlar berildi. Musobaqa 4- bosqichda o’tkazildi. Musobaqada o’quvchilar faol qatnashdilar.
2-A sinf o’quvchilari g’olib bo’ldilar. Tanlov boshqa sinflar o’rtasida ham o’tkazilishi taklif etildi. 2023- yil 14- aprel kunu 1-4 sinflar o’rtasida “Matematika olimpiadasi ” o’tkazildi.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarniVatanga sadoqatli, jismonan yetuk va axloqan barkamol qilib tarbiyalash, ularning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sport turlariga qiziqtirish maqsadida sport musobaqalarini tashkil qilish yuzasidan 2-4-sinf o’quvchilari o’rtasida “Shaxmat va shashka ” musobaqasi o’tkazildi.
5-tashabbus tadbirlari ijrosi munosabati bilan o’tkazilgan tanlovda barcha 2- 4 sinf o’quvchilari faol qatnashdilar. O’quvchilarda mantiqiy tafakkurini shakllantirish va sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida musobaqa namunali o’tkazildi. Har bir sinfdagi shashka va shaxmat o’ynashga iqtidori bor o’quvchilar qatnashdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan o’quvchilar ishlari baholab, borildi. Go’lib o’quvchilar rag’batlantirildi.
Har chorakda bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha metodik ma’ruza va davra suhbatlari tashkillandi. O’qituvchilar pedagogik mahoratini oshirish bo’yicha darslar o’tib berildi.

Metodbirlashma rahbari: A.Ikromov


2023-yil 26-may.
Download 15.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling