Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi


Download 297 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi297 Kb.
#203064
  1   2   3
Bog'liq
9-sinf 3-dars




Farg’ona viloyati

Toshloq tumani

xalq ta’limi bo’limi

MUSTAQIL ISHI

13-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi ______________________ning BIOLOGIYA fanidan

_____________________mavzusida tayyorlagan

Sayyoramizdagi tirik organizmlar nihoyatda xilma-xildir. ular yer sharining turli joylarida tarqalgan. hozir ko‘pchilik olimlar tirik- likni shartli ravishda ikkita guruhga: hayotning hujayrasiz va hu- jayraviy shakllariga ajratmoqda. hayotning hujayrasiz shakllariga viruslar misol bo‘lsa, hayotning hujayraviy shakllari esa ikkita kat- ta dunyoga, ya’ni yadrosiz – prokariotlar va yadroli – eukariotlarga ajratiladi.

Viruslar. 1892- yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simli- gida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar bakteriyali filtrdan o‘ta olish xusu- siyatiga ega. Natijada sog‘lom tamaki o‘simligini filtrdan o‘tgan suyuqlik bilan zararlash mumkin. oradan bir necha yil o‘tgach F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil ka- salligini qo‘zg‘atuvchilar ham bakteriyali filtrdan o‘tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat, 1917- yil kanadalik bakterio- log F.de erell bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o‘simlik, hayvon va mikroorganizm- larda viruslar kashf etildi. ushbu kashfiyotlar hayotning hujayra- siz shakllari, ya’ni yangi fan sohasi — virusologiya (viruslarni o‘rganuvchi) fanini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi. ular bir necha yuqumli kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizil- cha va boshqalar)ning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. ular hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hu- jayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega emas (2- rasm). Viruslar hujayraviy tuzilish- ga ega organizmlardan farq qilib, o‘z metabolizimiga, ya’ni mus- taqil oqsil sintezlash xususiyatiga ega emas hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNk va RNk kabi nuk- lein kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mum- kin. Shunga ko‘ra viruslar DNk yoki RNk saqlovchi guruhlarga ajratiladi. Bakteriofag, adenovirus kabi viruslar DNk ga ega, en- sefalit, qizamiq, qizilcha, qutirish, gripp kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan viruslarda RNk bo‘ladi. Viruslar nukleoproteinlar- ga o‘xshash bo‘lib, ular nuklein kislota (DNk yoki RNk) va uning atrofini o‘rab turadigan virus qobig‘ini hosil qiladigan oqsillardan iborat. Virus qobig‘i kapsid deb ataladi.


Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling