Farg'ona viloyati Uchko’prik tumani 21-idum da 5-"V" sinfda bo'lib o'tgan ochiq dars
Download 5.7 Kb.
|
1.ochiq dars bayonnomasi 1
Farg'ona viloyati Uchko’prik tumani 21-IDUM da 5-"V" sinfda bo'lib o'tgan ochiq dars BAYONNOMASI 22.10.2022-yil 5"V" sinfda amaliyotchi Muslimaxon Abdirazzoqova "School rules" mavzusida ochiq dars tashkilladi. Dars “The anthem of the Republic of Uzbekistan” Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Fasl, sana, hafta kuni, ob-havo ma'lumotlari, kun yangiliklari haqida o'quvchilardan so’raldi. O'tilgan bo'lim yuzasidan “Aqliy hujum” metodi asosida tezkor savol-javob o'tkazildi. Savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchilarga excellent kartochkasi berildi. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qildi. Yangi mavzu “School rules”. Yangi so'zlar slayd yordamida ko'rsatildi va ko'rgazmalar asosida tushuntirildi. Maktab qoidalari haqida o'quvchilar ma'lumotlari tingladi va o'qituvchi tomonidan to'ldirildi. Grammatik qismda o'qituvchi “Should” modal fe’li haqida tushintirib o'tdi. O'qituvchi o'quvchilarni ikki guruhga bo'ldi va guruhlarni nomladi: Smart and Clever. Guruhlarga mavzu yuzasidan tuzilgan krossvordlar berildi. Guruhlarning ishlari tekshirildi va topshiriqni to'g'ri bajargan Clever guruhiga excellent kartochkasi topshirildi. Doskaga “School rules” to'g'risidagi savollar qog'ozlarda yopishtirildi va har ikkala guruhdan o'quvchilar taklif qilindi. O'quvchilar savollarga javob berishdi. Topshiriqni Smart guruhining o'quvchisi tog’ri bajardi va o'qituvchi guruhga “excellent” kartochkasini topshirdi. O'tilgan darsni mustahkamlashda o'quvchilar tinglab turib, kitoblarida berilgan topshiriqlarni individual bajarishdi. O'qituvchi berilgan topshiriqlarni o'quvchilarga o'qitib, ularni talaffuzini, o’qishini va topshiriqni tekshirib baholadi. Uyga vazifa o'quvchilarga tushuntirib berildi. Darsda AKT, monitor, doska, darslik va multimedia vositalaridan foydalanildi. Darsni O.I.B.D. o'rinbosari va fan o'qituvchilari kuzatib bordilar, darsda imloviy xatolarga yo'l qo'yilmadi va dars namunali deb topildi. Axborot yozuvchi: M.Abdirazzoqova O.I.B.D. o'rinbosari: M.Omonova Download 5.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling