Nima jaranglanayotganini top
Download 31.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Mashg’ulotning boshlanishi.
MAVZU: A va U tovushlarining to’g’ri talaffuz etilishini mustahkamlash. “Nima jaranglanayotganini top” mashqi. Ta’limiy maqsad: A va U tovushlaining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash, ularni etarlicha baland ovozda talaffuz etishga o’rgatish, buyumlarni jarangidan farqlashga o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni birgalikda o’ynashga, bir-birlarini hurmat qilishga tartibli bo’lishga o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: esshituv diqqatini rivojlantirish, to’g’ri talaffuzni shakllantirish. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: to’siq, childirma, qo’ng’roq, shiqildoq, bolg’acha, o’yinchoq archalar, qo’g’irchoq. Mashg’ulotning borishi. Mashg’ulotning boshlanishi. Tarbiyachi bolalarni gilamchaga doira shaklida o’tkazadi. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlarni tayyorlaydi va to’siq bilan berkitadi. Mashg’ulotning asosiy qismi. Tarbiyachi bolalarga doctor Voyjonimni ko’rsatadi va ularga doktor tomoqlarini qanday ko’rganini eslashni aytadi (bolalar og’izlarini katta ochib, “aaaa” deb talaffuz etadilar). Hamma bolalarning jo’r bo’lib aytgan javobi va yakkama-yakka javoblaridan so’ng tarbiyachi bolalarga parovoz suratini yoki o’yinchog’ini ko’rsatadi va u qanday ovoz chiqarishini esga olishlarini aytadi. Bolalar baland ovozda, bir oz cho’zibroq “u” tovushini talaffuz etadilar. So’ngra tarbiyachi bolalarga shunday hikoya qiladi: “Kishilar o’rmonda, bog’da sayr qilib yurishganda, yo’qolib qolmasliklari (adashib ketmasliklari) uchun bir-birlariga tez-tez: Au! Au! deb qichqirishadi”. Tarbiyachi stol ustiga o’yinchoq archalarni qo’yib chiqadi va ularning oralarida qog’irchoq Lobarni yurgizib, “U” adashib qolmasin, kelinglar: Au! Au!” deb qichqiramiz, deb aytadi. Bolalar Lobarni jo’r bo’lib va yakkama-yakka holda chaqiradilar. Tarbiyachi bolalar yetarlicha baland ovozda a va u tovushlarini birgalikda, cho’zibroq (aaauuu) talaffuz etishlarini kuzatib boradi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida quyidagi buyumlarni tayyorlaydi: to’siq, childirma, ao’ng’iroq, shiqildoq o’yinchog’i, bo’lg’acha. Bu buyumlarni navbat bilan bolalarga ko’rsatadi, ularning nomini aytadi, qanday ovoz chiqarishini tinglashni taklif etadi. Bolalar hamma buyumlarning nomlarini, qanday ovoz chiqarishini yaxshilab o’zlashtirib olganlaridan so’ng, buyumlarni to’siq orqasiga yashiradi va turli harakatlarni bajarib, nimaning ovozini eshitayotganliklarini topishlarini ulardan so’raydi. O’yin bir necha marta takrorlanadi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling