Nima jaranglanayotganini top
Download 31.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU : “Sholg’om” ertagini hikoya qilib berish. “So’zni ayt “ o’yini. Ta’limiy maqsad
- Tarbiyaviy maqsad
- Mashg’ulotning borishi. Mashg’ulotning boshlanishi.
- Mashg’ulotning asosiy qismi. 1-qism.
- Mashg’ulotning yakuni.
- Tayyorlov guruh bolalarda grammatik nutqni shakllantirish mashg’uloti. MAVZU: “Grammatik nutqni shakllantirish. Gap tuzish va so’z o’zgartirish ustida ishlash”.
Mashg’ulotning yakuni.
Mashg’ulot yakunida qo’ng’iroq, childirma, shiqildoq, bolg’acha ovozlariga taqlid qilinadi va bu o’yinchoqlar stol ustida qoldiriladi bolalar ularni o’ynaydilar, mustaqil takrorlaydilar. MAVZU : “Sholg’om” ertagini hikoya qilib berish. “So’zni ayt “ o’yini. Ta’limiy maqsad: Bolalarni so’zda berilgan tovushni intonatsiya bilan ajratishga o’rgatish. Ajratilgan tovushni so’zda qanday eshitsa shunday talaffuz qilishga o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni birgalikda o’ynashga, bir-birlarini hurmat qilishga, tartibli bo’lishga o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: eshituv diqqatini rivojlantirish, to’g’ri talaffuzni shakllantirish. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: Flanelegraf va unga “Sholg’om” ertagida ishtirok etuvchi qahramonlar: sholg’om, chol, nabira, kampir, mushuk, sichqon, fishkalar va mayda o’yinchoqlar. Mashg’ulotning borishi. Mashg’ulotning boshlanishi. Tarbiyachi bolalarni gilamchaga doira shaklida o’tkazadi. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlarni tayyorlaydi va to’siq bilan berkitadi. Mashg’ulotning asosiy qismi. 1-qism. Tarbiyachi “sholg’om’ ertagini hikoya qilib beradi va bir vaqtning o’zida flanelegrafga ertak mazmuniga taaluqli rasmlarni qo’yib boradi : chol sholg’om (sholg’om rasmini flanelegrafga qo’yadi)ekibdi. U katta va juda katta bo’lib o’sibdi. Chol (rasmni flanelegrafga qo’yadi) sholg’omni tortibdi- tortibdi tortib ololmabdi va yordamga kampirini chaqirib- di…(kampir rasmini qo’yadi). Ular sholg’omni tortishibdi- tortishibdi, tortib ololmabdilar va yordamga nabirasini chaqiribdilar…, kuchukchasi juchkani…, mushukni…va sichqonchani… Ular birgalikda sholg’omni tortib olishibdi. Endi diqqat bilan tinglang , men hamma rasmlarning nomlarini qanday aytaman: sholg’om, chol, kampir, nabira, Juchka, mushuk, sichqon. Endi”Juchka” so’zini boshqacha qilib aytaman. Jjuchka. Kim huddi shunday aytadi? Bola: Jjuchka (so’zni ikki uch bola takrorlaydi) Tarbiyachi: Biz “j”tovushini uzoq , cho’zib talaffua etdik. Jjujka. Kelinglar, bu tovushni birgalikda aytamiz. Bolalar: J Taebiyachi:Tinglanglar, qanday qilib uni uzoq, cho’zib talaffuz etish mumkin: Jjjjjjjjj. Bu tovushni uzoq vaqt talaffuz etganimizda, bizga nimani ovozini eslatadi? Bolalar: Chivinni ashullasini, qo’ng’zni jjjlashini… Tarbiyachi: “Juchka” so’zini shunday aytingki, qo’ng’izni qanday jjlashini biz eshitaylik(so’zdagi “j” tovushini 2-3 bola uzoq, cho’zib talaffuz etadilar) Bu rasmda nimani rasmi tasvirlangan? (mushuk rasmini ko’rsatib) Bola: Mushuk Tarbiyachi: tinglang men bu so’zni boshqacha qilib aytaman:mushshuk. Siz ham huddi shunday qilib ayting. Biz “Sh” tovushini uzoq, chozib tlaffuz etamiz. Bu tovushni ham cho’zish (shshsh) mumkin. Bu bizga nimani eslatadi? Shshsh. Bolalar: Shamolning shovullashini, kuzgi barglarning shitirlashini, ilonning vishillashini va hokazo. Tarbiyachi: Endi siz “mushuk” so’zini shunday talaffuz etingki, biz kuchli shamolning esishini eshitaylik (“sh” tovushi). Bola: Mushshuk. (2-3 bola bu so’zni takrorlaydi). Tarbiyachi: Bu rasmda kim tasvirlangan? (chol tasvirlangan rasmni ko’rsatadi). Bola: Chol. Tarbiyachi: Tinglaylar, men bu so’zni qanday talaffuz etaman: Chol. Men “ch” tovushini uzoq talaffuz etdim: Chol. Kim bu so’zni xuddi men aytgandek aytadi? Bola: Chol. (“ch” tovushini intonatsiya bilan ajratadi). Tarbiyachi: To’g’ri, sen ham “Chol” so’zida “ch” tovushini baland ovozda aytding. Kelinglar hammamiz birgalikda uni talaffuz etamiz. Bolalar: “Ch” Tarbiyachi: Bu tovushni cho’zish mumkin emas. Uni qiska talaffuz etish kerak. Ch, ch, ch. Bu rasmda nima tasvirlangan? (Kampir rasmini ko’rsatadi). Bola: Kampir Tarbiyachi: Tinglaylar, men bu so’zni qanday talaffuz etaman: Kampirr. Men qaysi so’zni uzoq talaffuz aytdim: Kampirr? Bola: R “agar bola tovushni talaffuz etishda qiynalsa tarbiyachi “Kampir” so’zining “r” tovushini intonatsiya bilan ajratib talaffuz etadi” Tarbiyachi: agar, “r” tovushini chozib talaffuz etsak, u sizga nimani eslatadi? Bolalar: Samalyotning, mashinaning matori shunday ovoz chiqaradi. Tarbiyachi: to’g’ri motor shunday ovoz chiqaradi: rrr. Biroq motor mana bunday ashula aytishni ham biladi: rrr. Qani, o’ylanglarchi, katta motor qanday ashula aytadi. Bolalar: rrr. Tarbiyachi: Endi “sholg’om” so’zini eshiting. Bu so’zni aytganda qaysi tovushni, boshqa tovushlarga qaraganda balandroq va uzoqroq talaffuz etaman: “shollg’om”. Bola: L Tarbiyachi: Bu tovushni cho’zib aytish mumkin, u mana bunday talaffuz etiladi: LLLLL. Endi “sholg’om” so’zini shunday aytingki, bu so’zdagi “L” tovushi aniq va yaxshi eshitilsin. “L” tovushini cho’zib talaffuz aytganingizda u sizga nimani eslatadi. Bola: “L” tovushini cho’zib talaffuz etganimizda samalyotning g’uvvulashiga o’xshaydi. Samalyot balandga uchub ketganda, u bulutlar orasida bizga ko’rinmaydi, faqat uning g’uvullagan ovozi eshitiladi. Agar bola aytishda qiynalsa, tarbiyachini o’zi aytadi. Tarbiyachi: Kim “sichqon” so’zini aytadi. (sichqon rasmini flanelegrafga qo’yadi). “sichqon” so’zini aytganingizda “s” tovushi aniq eshitilsin. 2-3 bola bu so’zni takrorlaydi. Tarbiyachi: bu rasmda kim tasvirlangan? Bola: nabira Tarbiyachi: endi “N” tovushini yaxshi eshitiladigan qilib takrorlang. 2-3 bola so’zni takrorlaydi. Tarbiyachi: topishmoqlarni toping? “mushuk” va “sholgom” so’zida men, cho’zib, uzoq talaffuz etgan tovush? Bola: Sh Shu tariqa o’tilgan tovushlar takrorlanadi. Mashg’ulotning yakuni. Mashg’ulot yakunida “sozni ayt” o’yini o’ynatiladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: Hozir siz menga shamolning ashulasi bor so’zlarni aytasizlar. Men shunday so’zlarni bilaman: Shshart, shssham, shsher… . Kim so’zlarni to’g’ri aytsa o’yinchoq beraman. Kimda o’yinchoq ko’p bo’lsa shu o’yinda yutadi. O’yin oxirida g’olib aniqlanadi. Tayyorlov guruh bolalarda grammatik nutqni shakllantirish mashg’uloti. MAVZU: “Grammatik nutqni shakllantirish. Gap tuzish va so’z o’zgartirish ustida ishlash”. “So’zni ayt” o’yini. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling