Farg‘ona viloyati xtxqtmohm direktori V v/b: Z. M. Mo‘minovga


Download 14.54 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.54 Kb.
#1386269
Bog'liq
KAFOLAT XATI TINGLOVCHIGA


Farg‘ona viloyati XTXQTMOHM
direktori v.v/b: Z.M.Mo‘minovga
Geografiya o‘qituvchilari malaka
oshirish kursi tinglovchisi
____________________dan
Kafolat xati
Men __________________________________ __________________ XTB tasarrufidagi ___ o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib boraman. Tuman (shahar) XTB tomonidan 2020 yil noyabr oyida Geografiya o‘qituvchilari malaka oshirish kursida malaka oshirish uchun yuborildim. Malaka oshirish kursida darslarimiz 2-noyabr kunidan boshlandi. Shu kuni guruh mas’uli Xurshidbek Xalilov tomonidan hududiy markazda onlayn o‘qish tartib-qoidalari bilan batafsil tanishtirildim. Onlayn tarzda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida uzrli sabablarsiz 6 martadan ortiq qatnashmasam hech qanday ogohlantirishlarsiz tinglovchilar safidan chetlashtirilishim haqida ogohlantirildim.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 25-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 217-son buyrug‘i mazmun-mohiyati bilan tanishtirildim.
Kurs tinglovchilari tayyorgarligining yakuniy nazorati o‘tilgan modullar mazmuni bo‘yicha tuzilgan va onlayn shaklida o‘tkaziladigan yakuniy test sinovlari hamda malaka ishi himoyasidan iboratligi, o‘tish bali (maksimum 60 baldan minimal 42 ball) dan, malaka ishi himoyasi (maksimum 20 baldan minimal 14 ball) dan iboratligi haqida tushuntirishlar oldim.
Hududiy markazda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida, guruh mas’uli X.Xalilovdan 4 noyabr kuni, o‘z mutaxassisligimga mos bo‘lgan, maktab darsligi mavzusidan, o‘zimga ma’qul bo‘lgan Malaka ishi mavzusini tanlash yo‘li bilan oldim.
Yakuniy test sinovidan qoniqarsiz natija ko‘rsatsam, malaka ishimni o‘z muddatida taqdim etmasam, yoki malaka ishim taqrizidagi tegishli kamchiliklarni bartaraf etmasam malaka ishi himoyasiga qo‘yilmasligimni bilib oldim.
Menga chiqish testini mustaqil topshirishda va malaka ishimni qabul qilishda asossiz vajlar bilan guruh mas’uli yoki hududiy markaz xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘yilsa Xalq ta’limi vazirining Huquqiy nazorat xizmati Farg‘ona viloyati vakillariga (93 980-75-76 hamda 93-040-07-90) murojaat qilishim mumkinligi, agar shunday huquqbuzarlik o‘zim tomonimdan sodir etilsa, ya’ni pora berishni taklif qilsam 2017 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-419-son) da nazarda tutilgan bandlar bilan javobgarlikka tortilishim mumkinligini anglab oldim.
Tinglovchi: _____________ ______________________
04.11.2020
Download 14.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling