Mavzu: maktab dastur va darsliklarining tahlili


Download 1.39 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1777687
Bog'liq
oligoped mustaqil talim


9-MUSTAQIL TA’LIM
MAVZU:MAKTAB DASTUR VA DARSLIKLARINING TAHLILI
Yordamchi maktab 6-sinf Geografiya darsligi
TAHLILI
1.P.Po’latova,H.Vahobov”Geografiya”Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 6-sinf darsligi. Toshkent. “Ilm ziyo” nashriyoti 2020-yil chop etilgan.
2. Darslikning ta’limiy ahamiyati, intellektida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga tabiiy geografiya kursi bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni berish va ularni nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Darslikning tarbiyaviy ahamiyati, o’quvchilarni tabiatni sevish, unga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ekologik, estetik hamda mehnat tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Darslikning korreksion ahamiyati, matnlarni o’qish jarayonida o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib boradi, lug’at boyligi oshib boradi, savollarga javob berishda o’quvchilarning analiz-sintez jarayonlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi, test, krossvord kabi topshiriqlar topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, amaliy topshiriqlar olingan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
3. Darslik 143 betdan iborat bo’lib, kirish, 6 ta bo’lim, 68 ta paragraf va geografik atamalar va tushunchalarning qisqacha lug’atidan tashkil topgan.
Bo’limlar: “Yerning shakli va harakati”, “Joy plani va geografik xarita”, “Yerning tosh qobig‘i – litosfera”, “Yerning suv qobig‘i – gidrosfera”, “Yerning havo qobig‘i – atmosfera”, “Yerning hayot qobig‘i – biosfera”.
Darslikda berilgan bo’limlar, mavzular hamda ajratilgan soatlar dasturga to’liq muvofiq keladi.
4. Darslikda 89 ta rasm va illustratsiyalar berilgan bo’lib, ular, mavzu mohiyatini to’liq ochib berish, aqli zaif o’quvchilarda o’tilayotgan mavu yuzasidan aniq tasavvurlar hosil qilish va ular mavzuni ongli va yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun yordam beradi.
5. Berilgan matnlar ilmiy uslubda, aqli zaif o’quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqgan holda sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.
6.Darslik tizimli hamda konsentrik tarzda tuzilgan, bo’limlar o’zaro bog’liq, bir bo’lim keyingi bo’lim uchun asos vazifasini o’tagan. Ma’lumotlar izchillikda berilgan.
7. Darslikda har bir o’tilgan mavzudan so’ng mavzuga oid savol-javob hamda amaliy topshiriqlar berilgan. Shuningdek, 1(11§)-2(19§)-4(41§)-5(49§)-6(68§)-bo’limlarda amaliy topshiriqlarga 1 ta darsdan ajratilgan. Bunda o’tilayotgan mavzular yuzasidan amaliy topshiriqlar, krossvord hamda test topshiriqlari berilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish, egallagan bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarning mavzuni qanday o’zlashtirganlarini aniqlash, nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
8. Darslik matni tizimlilik, izchillik, tushunarlilik, onglilik va faollik, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tamoyillari asoslangan. O’tiladigan mavzular soddadan murakkabga qarab berilgan bo’lib, yaxlit tizimni hosil qiladi. Berilgan amaliy topshiriqlar, savol-javoblar bolalar mavzularni ongli o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularni faollikka chorlaydi, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi.
*Darslik yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rta darajadi aqli zaif bolalar uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Yordamchi maktab 8-sinf Tabiatshunoslik(Odam va uning salomatligi)darsligi
TAHLILI

1.P.Po’latova,”Tabiatshunoslik”(Odam va uning salomatligi)Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 8-sinf darsligi. Toshkent. “Ilm ziyo” nashriyoti 2020-yil chop etilgan.
2. Darslikning ta’limiy ahamiyati, intellektida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga tabiatshunoslik(odam va uning salomatligi)kursi bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni berish va ularni nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Darslikning tarbiyaviy ahamiyati,shundaki o’quvchilarni o’z salomatligiga befarq bo’lmaslikka shaxsiy gigiyenaga amal qilishga o’quvchilarda bir birining gigiyenik vositalaridan foydalanmaslikka o’rgatadi.
Darslikning korreksion ahamiyati, matnlarni o’qish jarayonida o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib boradi, lug’at boyligi oshib boradi, savollarga javob berishda o’quvchilarning analiz-sintez jarayonlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi, test, krossvord kabi topshiriqlar topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, amaliy topshiriqlar olingan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
3. Darslik 111 betdan iborat bo’lib, kirish, 10 ta bo’lim, 58 ta paragraf va takrorolash uchun mo’ljallangan materiallardan tashkil topgan.
Bo’limlar:”Odam organizmi haqida umumiy tushuncha”,”Tayanch-harakat sistemasi”,”Qon va qon aylanishi”,”Nafas olish organlari”,Ovqatning tarkibi va ahamiyati”,”Siydik ajratuvchi organlar”,”Terining tuzilishi va ahamiyati”,”Sekretsiya bezlari”,”Nerv sistemasining tuzilishi va ahamiyati”,”Sezgi organlari va ularning tuzilishi”
Darslikda berilgan bo’limlar, mavzular hamda ajratilgan soatlar dasturga to’liq muvofiq keladi.
4. Darslikda 73 ta rasm va illustratsiyalar berilgan bo’lib, ular, mavzu mohiyatini to’liq ochib berish, aqli zaif o’quvchilarda o’tilayotgan mavu yuzasidan aniq tasavvurlar hosil qilish va ular mavzuni ongli va yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun yordam beradi.
5. Berilgan matnlar ilmiy uslubda, aqli zaif o’quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqgan holda sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.
6. Darslik tizimli hamda konsentrik tarzda tuzilgan, bo’limlar o’zaro bog’liq, bir bo’lim keyingi bo’lim uchun asos vazifasini o’tagan. Ma’lumotlar izchillikda berilgan.
7. Darslikda har bir o’tilgan mavzudan so’ng mavzuga oid savol-javob hamda amaliy topshiriqlar berilgan. Shuningdek, 1(4§)-2(13§)3(20§)-4(25§)-5(35§)-6(37§)-7(40§)-8(44§)-9(50§)-10(55§)-bo’limlarda amaliy topshiriqlarga 1 ta darsdan ajratilgan. Bunda o’tilayotgan mavzular yuzasidan Takrorolash uchun materiallar keltirilgan.Bundan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish, egallagan bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarning mavzuni qanday o’zlashtirganlarini aniqlash, nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. 8.Darslik matni tizimlilik, izchillik, tushunarlilik, onglilik va faollik, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tamoyillari asoslangan. O’tiladigan mavzular soddadan murakkabga qarab berilgan bo’lib, yaxlit tizimni hosil qiladi. Berilgan amaliy topshiriqlar, savol-javoblar bolalar mavzularni ongli o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularni faollikka chorlaydi, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi.
*Darslik yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rta darajadi aqli zaif bolalar uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Yordamchi maktab “O’zbekiston tarixi”8-sinf darsligi
TAHLILI
1.”A.S.Sagdullayev”,”V.A.Kostetskiy,”,”S.M.Iminxodjayrva”Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 8-sinf darsligi. Toshkent. “Ilm ziyo” nashriyoti 2020-yil chop etilgan.
2.Darslikning ta’limiy ahamiyati, intellektida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga O’zbekiston tarixi fani doirasida boshlang’ich ma’lumotlarni berish va ularni nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Darslikning tarbiyaviy ahamiyati,shundaki o’quvchilarni madaniy merosimizga bo’lgan xurmatlarini oshirish.Ularni asrab avaylashni o’rgatish.Madaniy merosimizni keyingi avlodlarga namunali darjada qoldirib ketish naqadar muhi ekanligini uqtirish.
Darslikning korreksion ahamiyati, matnlarni o’qish jarayonida o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib boradi, lug’at boyligi oshib boradi, savollarga javob berishda o’quvchilarning analiz-sintez jarayonlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi, test, krossvord kabi topshiriqlar topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, amaliy topshiriqlar olingan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
3. Darslik 112 betdan iborat bo’lib, kirish, 5ta bo’lim, 20ta bob 59ta paragraf Xulosa va Tarixiy atama va tushunchalar lug’atidan tashkil topgan.Bo’limlar:”Ilk o’rta asrlarda(V-VIIasrlar)xo’jalik va turmushdagi o’zgarishlar”,”O’rta Osiyoning arablar tomonidanistilo qilinishi.Xalq qo’zg’alonlari(VII-VIIIasrlar)”,”Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi (IX-XIIIasrning boshi)”,”Mo’g’ullar bosqini.Istilochilar va Mo’g’ul istibdodiga qarshi kurash”,”Amir Temur vaTemuriylar davlati”
Boblar:”Ilk o’rta asr davridagi jamiyat”,”Turk xoqonligi”,”Ilk o’rta asrlarda xo’jalik hayot va maishiy turmush”,”Madaniyat va diniy e’tiqod”,”Ilk o’rta asrlarda Buyuk Ipak Yo’li”,”Arab qabilalariningbirlashishi va arablarning harbiy yurishlari”,”Abu Muslim harakati va “oq kiyimlilar qo’zg’oloni”,”Tohiriylar va Somoniylar davlati”,”IX-X asrlardagi xo’jalik va ijtimoiy –iqtisodiy munosabatlar”,”IX-XIIasrlarda shaharlar va hunarmandchilik”,”IX-XIIasrlarda ilm-fan,adabiyot va madaniyat”,”IX-XII asrlarda me’morchilik san’at”,”Etnik jarayonlar”,”XIII asr boshida Xorazm davlati va Mo’g’ullar”XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi siyosiy ahvol”,”Amir Temurning harbiy yurishlari”,”Amir Temur davrida Movarouunahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot”,”Savdo-sotiq iqtisodiy va madaniy hayot”,”Temuriylar davlatida ta’lim ilm-fan va adabiyotning rivojlanishi”,”Temuriylar davlatining parchlanishi”.
4.Darslikda berilgan bo’limlar boblar mavzular hamda ajratilgan soatlar dasturga to’liq muvofiq keladi. . Darslikda 90ta rasm va illustratsiyalar berilgan bo’lib, ular, mavzu mohiyatini to’liq ochib berish, aqli zaif o’quvchilarda o’tilayotgan mavu yuzasidan aniq tasavvurlar hosil qilish va ular mavzuni ongli va yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun yordam beradi,
5.Berilgan matnlar ilmiy uslubda, aqli zaif o’quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqgan holda sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.
6.Darslik tizimli hamda konsentrik tarzda tuzilgan, bo’limlar boblar va mavzular o’zaro bog’liq, bir bo’lim keyingi bo’lim uchun asos vazifasini o’tagan. Ma’lumotlar izchillikda berilgan.
7. Darslikda har bir o’tilgan mavzudan so’ng mavzuga oid savol-javob hamda amaliy topshiriqlar berilgan. Har bir mavzu so’ngida “O’zingizni sinab ko’ring rukni kiritilgan bunda o’quvchilarga jumla berilgan va bu jumlada bir muhim mavzuga oid so’z yoki sana tushirib qoldirilgan.O’quvchilar bu so’z yoki sanani mavzuning ichida berilgan matndan izlab topib jumlani tamomlab qo’yishlari kerak bo’ladi.Bundan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish, egallagan bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarning mavzuni qanday o’zlashtirganlarini aniqlash, nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat
8. Darslik matni tizimlilik, izchillik, tushunarlilik, onglilik va faollik, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tamoyillari asoslangan. O’tiladigan mavzular soddadan murakkabga qarab berilgan bo’lib, yaxlit tizimni hosil qiladi. Berilgan amaliy topshiriqlar, savol-javoblar bolalar mavzularni ongli o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularni faollikka chorlaydi, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi.
*Darslik yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rta darajadi aqli zaif bolalar uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Yordamchi maktab “Nutq o’stirish “2-sinf darsligi
TAHLILI
1.”SH.HIDAYATOVA” va “SH.UBAYDULLAYEVA” Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 2-sinf darsligi. Toshkent.”NISO POLIGRAF” nashriyoti tomonidan2020-yil chop etilgan.
2. Darslikning ta’limiy ahamiyati, intellektida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga Nutq o’stirish fani doirasida boshlang’ich ma’lumotlarni berish va ularni nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Darslikning tarbiyaviy ahamiyati,shundaki o’quvchilarni chiroyli nutqqa o’rgatish kattalarga xurmat kichiklarga izzat shiori ostida gaplashish.O’quvchilarda chiriyli nutqni shakllamtirish,o’zaro kattalar gaplashyotganda qo’shilmaslikni o’rgatish,o’quvchilarning muomala madaniyatiga rioya qilishga o’rgatish.
Darslikning korreksion ahamiyati, matnlarni o’qish jarayonida o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib boradi, lug’at boyligi oshib boradi, savollarga javob berishda o’quvchilarning analiz-sintez jarayonlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
3.Darslik 80 betdan iborat bo’lib,unda hech qanday kirish boblar mavjud emas.darslik to’g’ridan-to’g’ri bo’limlarga bo’linib ketgan bo’limlar esa o’z navbatida kichik-kichik mavzularni o’z ichiga qamrab olgan.
4. Darslikda berilgan bo’limlar kichik-kichik mavzular hamda ajratilgan soatlar dasturga to’liq muvofiq keladi. . Darslikda 100ortiq illustratsiya va syujetli rasmlar berilgan bo’lib, ular, mavzu mohiyatini to’liq ochib berish, aqli zaif o’quvchilarda o’tilayotgan mavu yuzasidan aniq tasavvurlar hosil qilish va ular mavzuni ongli va yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun yordam beradi.
5. Berilgan matnlar ilmiy uslubda, aqli zaif o’quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqgan holda sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.
6. Darslik tizimli hamda konsentrik tarzda tuzilgan, bo’limlar boblar va mavzular o’zaro bog’liq, bir bo’lim keyingi bo’lim uchun asos vazifasini o’tagan. Ma’lumotlar izchillikda berilgan.
7. Darslikda har bir o’tilgan mavzudan so’ng mavzuga oid bir dona savol bir dona oson topshiriq ikki dona topishmoq va 4-6 qator kichik she’r berilgan va mavzular orasida o’quvchilarning bilish jarayonlari yanayam yaxshilanishi uchun turli o’yinlar kiritilgan.
8. Darslik matni tizimlilik, izchillik, tushunarlilik, onglilik va faollik, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tamoyillari asoslangan. O’tiladigan mavzular soddadan murakkabga qarab berilgan bo’lib, yaxlit tizimni hosil qiladi. Berilgan amaliy topshiriqlar, savol-javoblar bolalar mavzularni ongli o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularni faollikka chorlaydi, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi.
*Darslik yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rta darajadi aqli zaif bolalar uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling