O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili
Download 23.7 Kb.
|
макола
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommalashtirish ishining obyekti va predmeti
Chilonzor tumani 183-maktabining tarix fani o'qituvchisi Bekmuratova Gulayim Maksatovnaning “O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili” mavzusidagi ommalashtirgan ishi Ommalashtirish ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda siyosiy va milliy о‘zlikni anglash jarayonida tarix fanining ahamiyati muhim о‘rin tutadi. Bu haqda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy taraqqiyot yо‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kо‘taramiz” asarida “... ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va ta’lim- tarbiya sohasining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bо‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, о‘qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bilan kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi”. Ommalashtirish ishining obyekti va predmeti: Ommalshtirish ishining ob’ekti – maktablar uchun O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlilining pedagogik va metodik adabiyotlarda yoritilishi jarayonlaridir. Ommalshtirish ishining predmeti O‘zbekiston tarixi darsliklari talabi haqida metodist olimlarning fikrlari, metodik tavsiyalari tashkil etadi. Ommalshtirish ishining maqsadi va vazifalari: Asosiy maqsad - O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlilini amalga oshirishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: O‘‘zbekiston tarixi fani fanining maqsadi va mazmuni: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini ochib berish; - Maktablarda O‘zbekiston tarixi fani mazmunini o‘quv dasturi asosidagi metodik tahlilini amalga oshirish; - tarix darsliklari – ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida O‘zbekiston tarixi fanidan darsliklar tahlili amalga oshirilib, taklif va tavsiyalar berish. Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling