O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili
O‘zbekiston tarixi fanida 11-sinfda
Download 23.7 Kb.
|
макола
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu o‘quv dasturida O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha bitiruvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar ham bayon etilgan
O‘zbekiston tarixi fanida 11-sinfda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi. XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshi O‘zbekiston tarixi. tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasi. Mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish: 1) 1991–2016- yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yilganligi.
1991-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy voqealar o‘rganilib, haftasiga 2 soatdan 34 soat hajmida o‘qitiladi; I Bob. Mustaqillikning e’lon qilinishi va O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy islohotlarning boshlanishi. o‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining tashkil topishi II Bob. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy siyosat III Bob. O‘zbekistonda etnik va konfessiyalararo munosabatlar IV Bob.Ta’lim tizimi islohotlari va kadrlar tayyorlash V Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fan va sportning rivojlanishi. ma’naviy va madaniy taraqqiyot VI Bob.O‘zbekiston respublikasining tashqi siyosati va ikki tomonlama munosabatlari VII Bob. O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishi Ushbu o‘quv dasturida O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha bitiruvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar ham bayon etilgan. Bular: – tarixiy voqelikning insoniyat uchun ahamiyatini anglaydi; – o‘tmish va bugungi kun o‘rtasidagi aloqadorlikni izohlaydi; – o‘zini tarixiy voqelik ishtirokchisi sifatida idrok etadi; – tarixiy voqelik inson faoliyati natijalari ekanligi, u moddiy va ma’naviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini anglaydi; – insoniyat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning bunyodkor yoki vayronkor kuchga ega ekanligini baholaydi; – ajdodlar tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishlarni davom ettiradi, ularga munosib bo‘lishga erishadi; – tarixiy voqelikning mohiyatini xolis talqin qiladi va mustaqil qaroq qabul qiladi. Xulosa o‘rnida, mavjud o‘quv dasturi DTS asosida tuzilgan bo‘lib, ushbu o‘tiladigan barcha mavzularni qamrab olgan, deb hisoblash mumkin. Ammo ushbu dasturda o‘qituvchilar uchun barcha mavzularni o‘qitishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan. Ammo bu adabiyotlar barcha mavzularni qamrab olmaydi. Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling