O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili
Maktablarda O‘zbekiston tarixi fani mazmuni, o‘quv dasturi tahlili
Download 23.7 Kb.
|
макола
1.2. Maktablarda O‘zbekiston tarixi fani mazmuni, o‘quv dasturi tahlili
O‘zbekiston tarixi darsliklarining mazmuniga–Vatanimiz tarixiga oid eng muhim voqealar bilan o‘quvchilarni tanishtirish, ularni O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy merosiga, ilg‘or an’analariga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk merosimizning davomchilari hamda uni boyituvchilari bo‘lmish munosib vorislarni tarbiyalashdan iborat. Zamonaviy sharoitda geosiyosiy jarayonlarning rivojlanishi, inson ongi va qalbi uchun mafkuraviy kurashlarning avj olayotganligi ularga qarama-qarshi tura olish vositasi sifatida modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida o‘sib kelayotgan avlodda tarixiy tafakkurni rivojlantirishni shart etib qo‘ymoqda. Yangi tarixiy davr ma’rifat, ma’rifatlilik davri sifatida vujudga kelmoqda. Istiqlol g‘oyalari asosida bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlat odamlar ongi va tafakkurida tub burilish yasash, har qanday islohotlarni fuqarolar ongi, tafakkuri va qalbi orqali o‘tkazish yo‘lini tanladi. Maktabning O‘zbekiston tarixi fani o‘quvdasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018 yil 18 avgustdagi № 4-son majlis bayoni bilan maqullangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘I bilan tasdiqlangan. «O‘zbekiston tarixi» fani 1917-yildan 1991-yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, 10-sinfda haftasiga 2 soatdan jami 68 soat o‘qitiladi. O‘quvdasturida 10-sinfda mavzular mazmuni quyidagi 6 bobga ajratilgan: I Bob. Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda o‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi (1917–1924-yy.) II Bob. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosati (1925–1939-yy.) III. Bob. O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati. o‘zbekiston fani va madaniyati IV Bob. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish muammolari (1945–1959-yy.) V Bob. O‘zbekiston barqaror rivojlanish davrida (1959–1983-yy.) VI Bob. O‘zbekistonda sovet hokimiyatining inqirozi va mustaqillik uchun harakatlar (1984–1991-yy.) Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling