Farhod Raimkulov – Kimyo Fanidan Online Repetitor
Telegram manzilimiz - @uzkimyogar
20-masala.
Hajmi 4 l, konsentrasiyasi 20% bo’lgan kaliy ishqor eritmasi
(d=1,19 g/ml) ning hajmi 2 marta kamayguncha bug’latildi.
Qolgan eritmaning molyar konsentrasiyasini toping.
Yechish.
M(KOH) = 56 g.
Dastlabki eritmaning molyar konsentrsiyasini topib olamiz:
=
Birinchi eritmaning hajmi 4 l, konsentrasiyasi 4,25 M ekan.
Ikkinchi (qolgan) eritmaning hajmi 2 marta kamaygan, ya’ni
4/2=2 litr. Keyingi formula orqali qolgan eritma konsentrasiyasini
topmiz:
C1*V1 = C2*V2
C2 = C1*V1/V2 = 4,25*4/2 = 8,5 M.
Javob: qolgan eritma 8,5 M bo’lib qolgan.
21-masala.
Titri 0,735 g/ml bo’lgan sul’fat kislota eritmasining normalligini
toping.
Yechish. 1-usul.
M(H2SO4) = 98 g.
E(H2SO4) = 98/2 = 49 g/ekv.
Do'stlaringiz bilan baham: |