“farhod va shirin” dostonining boblar bo`yicha tahlili bajardi: 121-guruh talabasi qurbonova nigina
Download 8.05 Kb.
|
1 2
Bog'liq“farhod va shirin” dostonining boblar bo`yicha tahlili fayllar org
Azaldin manzili favqul falakdur. Magar vahm adhamidur tez raftor, Ne adham, jardai Shabdez raftor. Chiqib ustiga barmoq shahsuvori, Bo’g’un belbog’iyu tirnoq uzori.
Tutay Jomiy mayi madhin saranjom. 7-bob “hazrati shayxu-l-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o’xshatgani holda, Jomiyni yuz filga o’xshatadi. So’z o’yini vositasida uni XI-XII asrlarda yashagan mashhur so’fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, “jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug’ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo’lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi, Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo’lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho’mganligini, ya’ni ko’p mutolaa qilganligini, tinmay o’ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan sabablardan biri o’zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o’ziga yetishgan azobu uqubatlarni bayon qiladi. Shunda unga g’oyibdan nido kelib, hotif (g’oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo’l tilaganini yozadi. 9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko’rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatib, o’z g’oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo’lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta’rifiga bag’ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida Shoh G’oziy, g’azot maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg’ambar singaridir deb ulug’laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor sifatida madh qiladi. 11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi:11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi:http://fayllar.org Download 8.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling