“farhod va shirin” dostonining boblar bo`yicha tahlili


Download 226.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi226.09 Kb.
#1559136
Bog'liq
nijinaa

“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING BOBLAR BO`YICHA TAHLILI

BAJARDI:121-GURUH TALABASI QURBONOVA NIGINA


F&SH
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo’lib, milodiy 590 yilda taxtga chiqib, 628 yilda o’z o’g’li Sheruyaning buyrug’i bilan o’ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan.
Alisher navoiyning o’zi ham “tarixi muluki ajam” asarining sosoniylar tarixiga bag’ishlangan qismida xusrav parvez haqida ma’lumot beradi. Badiiy adabiyotda xusrav va shirin muhabbati haqida birinchi bo’lib firdavsiy o’zining «shohnoma» dostonida yozib qoldiradi, nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning «xusrav va shirin» dostoni 1340 yilda qutb xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan.
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o’z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo’lgan g’oyaviy niyati haqida so’z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi
Bihamdik fath abvob ul maoniy, Nasib et ko’ngluma fath o’lmak oni.
A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobida yozilishicha, Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog’iga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va donishmand Suqrotga, tunni Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do’sti Shopurga, ajalni otasini o’ldirgan Parvezning o’g’li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga o’xshatgan holda “shirin”, “tilism” so’zlarini, Besutun, Xusrav va uning ashulachisi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostonning mundarijasiga uyg’unlashtirgan. 
Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo’qlikdagi holati, dunyoga kelishi, go’dakligi, hayoti to’g’risida bayon qiladi. “Lavhi mahfuz” (kishilarning yaxshi va yomon amallari, taqdiri azaldan bitib qo’yilgan taxta) haqida fikr yuritar ekan, inson azaliy qismat ijrochisi ekan, bunga uni gunohkor qilishni qanday izohlash mumkin degan fikrlarni aytadi
SH
F
Dostonning to’rtinchi bobi Muhammad payg’ambar (s.a.v) madhiga bag’ishlangan. Bob payg’ambarning muborak chehrasi tavsifi bilan boshlanib, uning o’qish va yozish bilan shug’ullanmaganligi ajoyib badiiy san’atlar vositasida bayon qilib beriladi. Xususan, qalam payg’ambar unga mayl ko’rsatmaganidan, ya’ni uni qo’lida tutmaganligidan keyin yoqasini chok qilib, ko’z yoshlarini to’kib, afg’on qilganligi, uning qo’lini o’payin deb qancha og’zini ochmasin, uning orzusi amalga oshmaganligi husni ta’lil san’ati asosida keltirilganligini ko’ramiz:
Necha choki giribon qildi xoma, To’kub ashkini afg’on qildi xoma. Ochib og’zin qilay deb dastbo’si, Muyassar bo’lmayin bu orzusi.
Bobda “insonlar payg’ambar belgilab bergan shariat qoidalari asosida yashasalargina, haqiqiy saodatga erishadilar” degan g’oya ilgari suriladi. 5-bob me’roj tuni ta’rifiga bag’ishlangan bo’lib, payg’ambarning Buroq oti yordamida Alloh huzuriga yo’l olishi tasviri beriladi. Bunda payg’ambarning 12 burj va 7 sayyoralarni oshib o’tib, Lomakonga ko’tarilganligi, “qoba qavsayn” (ikki yoy oralig’i) darajasida Allohga yaqinlashgani va foniy bo’lganligi haqidagi fikrlar bayon qilinadi.
Anga bu surma bo’lg’och qurratul ayn, Nasib o’ldi maqomi “qoba qavsayn”. O’zin gum aylabon, lekin topib haq, Ko’rinmay kimsa haqdin ayru mutlaq.
Dostonning 6-bobi qalam ta’rifi hamda ulug’ salaflar Nizomiy va Dehlaviylar madhini o’z ichiga oladi. Navoiy dastlab qalamga ta’rif berar ekan, uni Xusrav Parvezning tez uchar qora oti Shabdezga, qalamni tutuvchi barmoqlarni shu ot ustidagi chavandozga, barmoq bo’g’inlarini chavandozning belbog’iga, tirnoqlarni esa uning yuziga o’xshatadi:
Azaldin manzili favqul falakdur. Magar vahm adhamidur tez raftor, Ne adham, jardai Shabdez raftor. Chiqib ustiga barmoq shahsuvori, Bo’g’un belbog’iyu tirnoq uzori.
Tutay Jomiy mayi madhin saranjom. 7-bob “hazrati shayxu-l-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o’xshatgani holda, Jomiyni yuz filga o’xshatadi. So’z o’yini vositasida uni XI-XII asrlarda yashagan mashhur so’fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, “jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug’ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo’lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi,
Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo’lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho’mganligini, ya’ni ko’p mutolaa qilganligini, tinmay o’ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan sabablardan biri o’zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o’ziga yetishgan azobu uqubatlarni bayon qiladi. Shunda unga g’oyibdan nido kelib, hotif (g’oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo’l tilaganini yozadi.
9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko’rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatib, o’z g’oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo’lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi
Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta’rifiga bag’ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida Shoh G’oziy, g’azot maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg’ambar singaridir deb ulug’laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor sifatida madh qiladi.

11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi:

11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o’tadi. Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo’lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi:


Download 226.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling