Farhod va shirin
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
59-63
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALISHER NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINI ADABIYOT DARSLARIDA O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS METOD VA USULLARI Jovliyeva Yulduz Abdivasi qizi
- Annotatsiya
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-36, Issue-1, June-2023 59 ALISHER NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINI ADABIYOT DARSLARIDA O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS METOD VA USULLARI Jovliyeva Yulduz Abdivasi qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi yulduzjovliyeva442@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada Mir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini adabiyot darslarida o‘qitishda qo‘llanadigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: doston, obraz, she’riy san’atlar, kitobat san’ati, “Zinama-zina” metodi, “Besh barmoq” metodi KIRISH Adabiyotni tur va janrlar xususiyatlari jihatdan o‘rganganimizda 3 asosiy turni tasnif etamiz. Bular lirik, epik va dramatik tur bo‘lib, ular ham o‘z ichida bir qancha janrlarga bo‘linadi. Shuningdek, lirik va epik turga xos xususiyatlarni o‘zida jamlagan liro-epik tur ham mavjud. Ushbu turga ballada va doston kabi janrlar mansub. Ushbu janrlardan dostonlarga alohida to‘xtalib o‘tsak. Dostonlar yaratilish usuliga ko‘ra ikki xil: xalq dostonlari (xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida) va yozma adabiyotdagi dostonlardir. Xalq dostonlariga “Alpomish”, “Ravshan”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar kabilar mansub bo‘lsa, yozma adabiyotdagi dostonlarga esa Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z”, Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabilar kiradi. Xalq dostonlari yozma dostonlarning paydo bo‘lishi va shakllanishiga zamin hozirlagan. Yozma adabiyotdagi dostonlar yakka shaxs ijodi ya’ni individual ijod mahsuli hisoblanadi. Xususan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni xamsachilik an’analari asosida yaratilgan, “Xamsa”sining ikkinchi dostoni hisoblanadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling