Farmakognoziya


Download 354.52 Kb.
bet16/53
Sana25.01.2023
Hajmi354.52 Kb.
#1118898
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)

6-8-Ma’ruza




Mavzu: Dorivor o‘simliklarni ko‘plab o‘sadigan joylarni izlab topish, ularni xaritaga belgilash zahirasini, hosildorligini va tiklash davrini aniqlash. Yillik

miqdorini rejalash


Mavzu 6 soatga mo‘ljallangan. Ma’ruza rejasi:

1.Dorivor o‘simliklarni o‘sadigan joylarini izlab topish. 2.Dorivor o‘simliklarni o‘sadigan joylarni xaritaga belgilash. 3.Dorivor o‘simlik zahirasini aniqlash usullari:



  1. hisoblash maydonchalari usuli;

  2. namunaviy nusxalar usuli;

v) proektiv qoplanganlik usuli.
4. Dorivor o‘simliklarni hosildorligi va tiklanish davrini aniqlash. 5.Dorivor o‘simlik maxsulotlarini yillik miqdorini rejalashtirish.


Tayanch iboralar: dorivor o‘simliklarni o‘sadigan joylari, xaritaga belgilash, zaxirasini aniqlash, namunaviy nusxalar usuli, proektiv qoplanganlik usuli, xisoblash maydonchalari usuli, xosildorlik, tiklanish davri, yillik miqdor.
Zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan deyarli barcha o‘simliklar xalq tabobatida keng qo‘llanilgan. Xalq tabobatiga kerakli e’tibor qaratish dolzarb dorivor o‘simliklarni topishda juda qo‘l keladi. Bundan avvallari to‘plagan ma’lumotlardan zamonaviy tabobat uchun kerak bo‘lganlarini tanlab olish ularni ilmiy izlanishlarga tadbiq eta bilishimiz lozim. Bu ishlarni resursshunoslar bajaradi.
Resursshunos ish boshlashidan oldin katta tayyorgarlik ko‘radi. O‘rganiladigan er xaqida to‘la ma’lumotlarni yig‘ib xulosa qiladi. Birinchidan adabiyotlarni ko‘rib o‘rganiladigan rayon yoki viloyat xaqida, ob havosi to‘g‘rirog‘i, kun va tun harorati, suv bilan ta’minlanishini o‘rganib chiqadi.
O‘simliklarni o‘sadigan joyga qarab resursshunoslar o‘sha erni florasini chuqurroq adabiyotlar orqali (o‘simliklar kartasiga murojat qilib) va agar mavjud bo‘lsa ilgari olib borilgan resursshunoslik ishlarini hisobotlari bilan tanishib chiqadi.
Adabiyot yoki hisobotlar asosida izlanish olib boriladigan mintaqa florasi yani o‘sha erni qoplaydigan formatsiyalar- o‘simliklar jamoasi, assosiatsiyalar – o‘simliklar qavmi, dominatlar –ustun turar (g‘olib turlar); uchraydigan populyasiyalar-o‘simliklar to‘dasi; endemik o‘simliklar –ma’lum xududdagi turlar va x.k.
O‘simliklarni o‘sadigan joylarni aniqlashda yoki ma’lum xududdagi turlarni aniqlashda O‘zbekiston o‘simliklarini gerbariylari bilan tanishishdir. Odatda gerbariy saqlash honalarini xodimlari gerbariy bilan tanishtirish haqida zarur foydali ma’lumotlar berishlari mumkin.
YUqorida keltirilgan barcha ishlar ekspeditsiya boshlanishidan oldin bajarilishi kerak. Olib borilgan ishlar natijasida o‘simliklarga boy xududlar (tog‘, tog‘oldi, dasht) aniqlanadi.
SHunday yo‘l tutilsa o‘simliklar tarqalgan erlardagi asosiy populyasiyalar aniqlanib resursshunoslik ishlar to‘g‘ri olib borilayapti deb hisoblanadi.
Bu izlanishlardan so‘ng geobotanik ma’lumotlariga suyangan xolda, umuman
uchraydigan o‘simliklar bilan tanishib chiqadi. O‘rganilayotgan erdagi o‘simliklar fitotsinozi assosatsiyalar va formatsiyalar bilan tanishadi. Flora bilan tanishgandan so‘ng dorivor o‘simliklarga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistonda ancha endemik o‘simliklar uchrab turadi, ularga ham alohida e’tibor beriladi. Ferula turlari, qora qovuq- ungerniya va boshqalar.
Ekspeditsiyaga tayyorgarlik qilinadi. Taxlil qilinadigan joyga borgandan so‘ng, o‘simliklar xaqidagi ma’lumot erlik, qishloq xo‘jalik yoki bor bo‘lsa o‘simliklar kartasi bilan tanishiladi.
Ma’lum darajada erlik axoli yordamidan foydalaniladi. Ular yordamida o‘simlik bor erlarni va ularga etib borish masalalari xal qilinadi.
Ko‘p xollarda o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, xossalarini yanada chuqurroq o‘rganish natijasida uning tibbiyotning boshqa soxasi qo‘llanish xollari uchrab turadi. Bundan izlanuvchilar asosan bir paytlar tabobatda qo‘llanilgan biroq xozirda unitilayotgan o‘simliklarni o‘rganish orqali ularni yana amaliyotga joriy qilishlari mumkin.
Bunday o‘simliklarga resursshunoslar alohida e’tibor qilib, ularni chuqurroq o‘rganadilar. O‘sayotgan eri hosil qilgan populyasiyasi va zahirasiga qarab tavsiyalar qilinadi.
Azaldan ma’lumki botanik jixatdan qarindosh bo‘lgan o‘simliklar kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lishi mumkin. Buning natijasida farmakologik ta’siri ham yaqin bo‘ladi. Bu shu biologik qonuniyatni bilgan holda izlanish olib borish ancha maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha bizning olimlarimiz o‘simliklarni sistematik o‘rnini uning kimyoviy tarkibi orasidagi bog‘liqliklarni o‘rganadilar. Bunda u muammoni o‘rganish doirasida aniq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qonuniyatdagi cheklanish xolatlaridi o‘simliklarning fiologenetik, bioximik ko‘rsatgichlari o‘rtasida hech qanday paralellik mavjud bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pchilik xollarda o‘simliklarga bo‘lgan talab bir paytlar maxsus belgilangan bir o‘simlik xom ashyosini yig‘ish orqali qondiriladi. Bu dorivor o‘simliklarni o‘rganishni rivojlanishiga to‘siqlik qiladi. Filogenetik usullardan foydalangan holda qarindoshligi yaqin bo‘lgan o‘simliklarni aniqlash va xom ashyo sifatida tavsiya qilinadi.



Download 354.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling