Farmakognoziya


Download 354.52 Kb.
bet52/53
Sana25.01.2023
Hajmi354.52 Kb.
#1118898
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot osonlik bilan mevadan ajraladigan butun yoki ayrim bo'lakchalardan tashkil topgan meva po'stidan — perikarpiydan iborat. Bo'laklar cheti ichiga qayrilgan, ustki tomoni silliq yoki
burishgan, ichida — meva po'stidan osonlik bilan ajraladigan, qurigan, mezokarpiyani ipsimon qavati bo'ladi. Meva po'sti tekis sinadi.
Meva po'sti ustki tomondan yashil-qo'ng'irdan to to'q qo'n-g'irgacha, ichki tomoni — deyarli qora rangli, hidi kuchsiz — o'ziga xos, mazasi — achchiqroq burushtiruvchi.
O'zbekiston (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari)ning tog'li tumanlarida keng tarqalgan bo'ymodaron turi — tubulg'ibarg bo'ymodaron to'liq o'rganildi, unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va O'zbekiston Res-publikasi Sog'liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy texni- ka sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tubulg'ibarg bo'ymodaronning gulini peshob (siydik) haydov -chi, qon oqishini to'xtatuvchi va yaralarni bitiruvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi.

TUBULG’IBARG BO’YMODARON GULI- FLORES ACHILLEAE FILLIPENDULUNAE


O’simlikning nomi. Tubulg’ibarg bo’ymodaron – Achillea filipendulina Lam.; astradoshlar – Asteraceae (murakkabguldoshlar - Sompositae) oilasiga
kiradi.
Ko’p yillik, bo’yi 60-75 sm ga etadigan o’t o’simlik. Poyasi ko’p sonli, yo’g’on, mayda qirrali, serbargli, tukli. Barglari keng, cho’ziq lansetsimon, patsimon qirqilgan, bo’laklari yirik, cho’ziq lans etsimon, tishsimon bo’lakchalarga qirqilgan. Poyaning pastki qismidagilari bandi yordamida, yuqoridagilari bandsiz ketma – ket joylashgan. Sariq rangli gullari teskari konussimon savatchalarga joylashgan; savatchalar esa poya uchidagi qalin, murakkab qalqonsimon gul to’plamini xosil qiladi. M evasi - kulrang – qoramtir, uzunligi 2-2,25 mm bo’lgan pista.
Iyun – sentyabr boshida gullaydi, avgust oxirida – sentyabrda mevasi etiladi.
Geografik tarqalishi. O’rta Osiyo va Kavkazning tog’li tumanlaridagi shaqalli daryo vodiylarida, soylarda, tuproqli- shag’alli tog’ qiyalarida , ariq yoqalarida va boshqa erlarida o’sadi.

Download 354.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling