Farmakognoziya


Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning


Download 354.52 Kb.
bet8/53
Sana25.01.2023
Hajmi354.52 Kb.
#1118898
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
Bog'liq
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)

Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning


mahsulotlari ro‘yxati




Hindiston mamlakatidan




Qora murch

Piper nigrum L.




Qalampirmunchoq
daraxti

Eugenia caryophyllata (Thunb)




Kardamon

Amomum meleguete Rosc




Kuchala daraxti

Strychnos nux vomica

Xitoy mamlakatidan




Tangut rovochi

Rheum palmatum L. var
tanguticum Maxim.




Dolchin (koritsa)

Cinnamomum tamala Ness




Kamforali dolchin

Cinnamomum camphora (L.)

Amerikadan




Xin daraxti

Cinchona Succiruba Pav.




Kauchuk daraxti

Hevea brasiliensis Muell.




Kakao daraxti

Theobroma Cacao L.




Tamaki

Nicotiana tabacum L.




Kola daraxti

Cola nitida (Went.)

Afrikadan




Eritroksilon koka

Erythroxylon Coca Lam.




Strofant kombe

Strophanthus Kombe




Fizostigma

Physostigma venenosum Balf.




Sano

Cassia acutifolia Del.

Avstraliyadan




Evkalipt daraxti

Eucalyptus cinerea F.v. Muell.

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki: Hindiston bilan savdo aloqani o‘rnatilishi arab davlatlari va Ovrupa tibbiyot amaliyotiga murch, qalampirmunchoq, kardamon, kuchala, chaulmug‘rol moyi va boshqalar, Xitoy bilan aloqa esa rovoch , dolchin , muskus, kamfora va boshqa sh unga o‘xshash dorivor vositalarni berdi. Amerikani ovrupaliklar


tomonidan kashf qilinishi tibbiyotni bir qancha yangi dorivor o‘simliklar, jumladan xin daraxtining po‘stlog‘i, kauchuk, kakao, chilim tamaki, qoqa va boshqalar bilan boyitdi; tropik Afrika davlatlaridan Ovrupa tibbiyot amaliyotiga kola yoig‘og‘i, strofant urug‘i, fizostigma mevasi, Avstraliyadan evkalipt barglari olib kelib qo‘shildi. Natijada arab tibbiyoti dorivor vositalar assortimenti Grek tibbiyotiga ma’lum bo‘lgan dorilardai tashqari Eron, Misr, Hindistonda ishlatiladigan hamda keyinchalik arablar yangidan bosib olib ishg‘ol qilgan davlatlar (SHimoliy Afrika davlatlari, Ispaniya va boshqalar) dorivor o‘simliklari hisobiga boyidi. So‘ngra, arablar hozirgi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida qadimdan joylashgan davlatlarni bosib olgandan so‘ng bu dorivor vositalar xazinasi shu xalqlarga ham xizmat qila boshladi.
SHunday qilib, uzoq davrlar davomida insonlar kasalliklarini davolash uchun o‘simliklarni tanlab olish masalasiga tayangan tajribalar asosida va ongli ravishda yondoshish hamda ota-bobolarimizning boy tajribalarini avaylab saqlash va ularni avloddan-avlodga etkazib berish natijasida hozirgi O‘rta Osiyo territoriyasida o‘zining an’analariga va dorilar vositasiga, jumladan dorivor o‘simliklariga ega bo‘lgan xalq tabobati vujudga keldi. Bu tabobat uzoq asrlar davomida, ehtimol boshlanish davrida grek tibbiyoti, keyinchalik arab an’anaviy tibbiyoti ta’sirida taraqqiy etgan. SHuning uchun ham u o‘z amaliyotida kasallarni davolashda mahalliy dorivor o‘simliklar bilan bir qatorda ko‘p miqdorda xindlar,arablar va boshqa chet xalqlarning dorivor vositalaridan foydalangan.
?ozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xal? tabobati) xal? zakovati bilan su?orilgan juda boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni yangi,samarali dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xal? tabobatining bu soxadagi ?immati, tutgan o‘rni beba?odir. Buning uchun misol tari?asida ?ozirgi zamon tibbiyotida ?o‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklarni ko‘pchiligi o‘z va?tida xal? tabobati dorivor vositalar xazinasidan olinganligini yoki xozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o‘zi xal? tabobati asosida tara??iy etganini eslash kifoyadir.
O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda o‘sadigan hamda o‘stiriladigan o‘simliklardan bir qanchasining farmakologik ta’siri va kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda:(2-jadval)
2-jadval

Download 354.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling