bevosita (karbaxolin va pilokarpin) va bilvosita (atropin va adrenalin) turlari ma'lum. Bevosita sinergizmda ishlatiladigan dorilarning ta'sir nuqtasi bir, bilvosita da esa turlicha bo`ladi. - Antagonizm - qo`llanayotgan bir dorining ta'sirini ikkinchi dori bilan bartaraf etilishi demakdir. Antagonizm - bu aks (zid) ta'sirdir. Dorilarning antagonizmi zaharlanishni oldini olish va davo qilishda ishlatiladi.
- Dorilar antagonizmining quyidagi turlari ma'lum.
- Fizikaviy antagonizm- bir dori moddasining ikkinchi modda yuzasida so`rib olinishi (faollashtirilgan ko`mir, oqsillar) misol bo`la oladi.
- Kimyoviy antagonizm-ikki dori moddasini kimyoviy reaktsiyaga kirishishi natijasida zararsiz birikmalar xosil bo`lishi. Masalan, Me'da kislotasi oshgan (giperatsid) xolatlarda ishqoriy xususiyatli preparatlar-antatsidlar (masalan, almagel va b) beriladi.
- Farmakologik yoki funktsional antagonizm. Bunda ishlatilayotgan dori vositalari bir yo`nalishda, bir xujayra, to`qima, a'zo yoki tizimga qarama-qarshi ta'sir etadi.
- Raqobatli farmakologik antagonizm-bevosita antagonizm ko`rinishida bo`lib, dorilarning bir-biriga zidligi ularni ta'sir joyidan (retseptordan, biokimyoviy reaktsiyadan) siqib chiqarishda raqobat kuzatiladi.
- Masalan, morfin bilan zaharlanishda nalorfin preparati qo`llanadi, chunki u morfinni opiat retseptorlardan ozod qiladi.
- dori vositalari birga ishlatilganda ayrim ta'sirlari kuchayishi, qolganlar esa kamayishi mumkin-sinergoantagonizm.
- Masalan, adrenalinning α-adrenoretseptorlarga rag`batlantiruvchi ta'siri β-adrenoblokatorlar bilan qo`shib ishlatilganda kamayadi, uning β-adrenoretseptorlarga ta'siri esa yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi.
- Dori vositalarining tanaga ta'siri turli tashqi va ichki omillarga ko`p tomondan bog`liq.
| - Dorilarni salbiy ta`sirlari. Xronofarmakologiya.
- Maxalliy salbiy ta'sir-dori moddasining tana to`qimalari bilan munosabatga kirishishi tufayli yuz beradi.
- Reflektor salbiy ta'sir. Bunda refleks asosida a'zolar faoliyati susayishi yoki kuchayishi mumkin.
- Zaharli ta'sir-umumiy va maxalliy tarzda bo`lishi mumkin. Bu ta'sir asosan dori vositalarining dozasini katta miqdorda qabul qilish, ularni shifokor maslahatisiz iste'mol etishda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |