Fiziologiya fanining asosiy vazifasi Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan kursi bo‘yicha farmatsevtika institutining talabalari umumiy biologik qonuniyatlarini va tizimlarini anatomik va gistologik tuzilishi, sog‘lom organizmdagi fiziologik jarayonlarini mukammal o‘rganadi.
Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o‘qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma’lumotlarni a’zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog‘liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganishda, ayniqsa a’zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog‘liqligi morfologik ma’lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o‘zlashtirishini osonlashtiradi.
1.2 Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar
Fiziologiya anatomiya hamda umumiy biologiya asoslari fanidan talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
Xayvonlar organizmiga in’eksiya qila bilish;
Puls yordamida Yurak faoliyatiga baho berish;
Qon bosimini o‘lchash (Korotkov va Riva-Rochchi usulida);
Eritrotsit va leykotsitlar to‘g‘risida aniq tushuncha va bilimga ega bo‘lish va ularni sanay olish.
5. Nevroz va stresslar to‘g‘risida aniq ma’lumot olish;
Ko‘ruv o‘tkirligi va ko‘ruv maydoni haqida aniq ilmga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llay olish;
Gormonal preparatlar haqida aniq va mukammal ilmga ega bo‘lgan xolda amalda tatbiq eta bilish;
Inson gigienasi, ovqat ratsioni, oqsil, gusht, uglevodlar nisbati. Sifatli va sifatsiz oqsillar va ularning organizmdagi ahamiyatini bilish va hayotda bilimlarini ishlata olish.
Gastrit va hazm a’zolari kasalliklari hamda ularni oldini olish haqida to‘la va aniq ilmga ega bo‘lish
1.3 Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma – ketligi
Umumbiologik bog‘lanish botanika fani bilan o‘simliklardan dori olish etishtirish va boshqa - zoologiya, genetika, molekulyar biologiya fani yutuqlari va ularni bilimga tadbiq qilish.
Patologiya va patanatomiya fanlari bilan bog‘lash. Masalan: Yurak me’yordagi faoliyatini o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |