Farmarsevtik texnologiya
Download 239.97 Kb.
|
FARMATSEVTIK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haydash usuli
- Xromatografiya usuli
Sublimatsiya usuliQattiq holatdagi moddani suyuqlanmasdan gaz holatiga o‘tish jarayoni sublimatsiya deb ataladi. Bir qator kristall moddalar sublimatlanish, ya’ni qattiq fazadan bevosita gaz fazasiga o‘tish va keyin gaz fazasidan kristallanish qobiliyatiga ega. Bundan foydalanib sfiblimatlanadigan moddalarni ajratish va tozalash mumkin. Agar moddalar qiyin sublimatlansa yoki yuqori temperaturalarda parchalansa, vakuumda sublimatlash usulidan foydalaniladi. Haydash usuliUshbu usul yordamida moddalarni tozalash amalda eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ko‘plab oson suyuqlanadigan moddalar va suyuqliklar fraksiyaga bo‘lib haydash, ya’ni distillyatsiya yo‘li bilan tozalanadi. Mazkur metod ham moddalarni tozalashda qo‘llaniladigan qadimiy m etodlardan biridir. Bunda aralashmadagi moddalarning qaynash temperaturalari orasidagi farq kattaroq bo‘lishi va azeotrop aralashmalar hosil bo‘lmasligi kerak. Fraksiyaga bo‘lib haydash metodining samaradorligini oshirish uchun maxsus qurilmalardan, masalan, deflegmatorlar va distillash kolonnalaridan foydalanish mumkin. Qaynash temperaturalari yuqori bo‘lgan yoki qaynash temperaturasida parchalanadigan moddalarni tozalash uchun vakuumli haydash usuli, shuningdek, sovitilganda qatlamlarga ajraladigan sistemalarni haydash uchun suv bug‘i bilan haydash usuli qo‘llaniladi. Xromatografiya usuliOrganik moddalarni toza holda ajratib olishda keng qo‘llaniladigan uslublardan bin xromatografiya usulidir. Xromatografik ajratish metodlari ilmiy-tadqiqot ishlarida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Ushbu metodlar moddalarning sorbent sirtida adsorbillanish qobiliyatiga yoki ikkita aralashmaydigan fazalar o‘rtasida taqsimlanishiga asoslangan. Bunda fazalardan biri (suyuq faza) sorbent sirtida bo‘ladi. Shuning uchun xromatografik metodlar suyuqlik adsorbsion, taqsimlanish va gaz xromatografiya turlariga bo‘linadi. Suyuqlik adsorbsion xromatografiya moddalarning sorbent sirtida turlicha sorbillanish va erituvchi-elyuyent o’tkazilgan desorbilanish qobiliyatiga asoslangan. Sorbent sifatida aluminiy oksidi, silikagel, polisaxaridlar (masalan, dekstranlar) yoki erituvchida bo‘kib gel hosil qiluvchi polimerlar qo‘llaniladi. Ajratish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) xromatografik kolonkalarda; 2) sorbentning yupqa qatlamida. Suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasi adsorbsion xromatografiyaning bir turi bo‘lib, sorbent qandaydir suyuqlikning yupqa qatlami bilan qoplanadi. Elyuyent sorbentdagi suyuqlik bilan aralashmaydigan erituvchi hisoblanadi. Elyuyent o’tkazilganda moddalar suyuq faza va elyuyent o’rtasida taqsimlanadi. Xromatografiya usulining rivojlanishi oqibatida 1903-yilga kelib rus olimi M.S.Svet tomonidan alohida ixtisoslik sifatida ta’rif berildi. Library Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан Download 239.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling