Farmarsevtik texnologiya


Download 239.97 Kb.
bet1/13
Sana25.02.2023
Hajmi239.97 Kb.
#1228499
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FARMATSEVTIK 2



FARMATSEVTIK TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI
FARMATSEVTLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA
TAYYORLASH MARKAZI
FARMARSEVTIK TEXNOLOGIYA” FANI
KURS ISHI
MAVZU: Fitopreparatlarni rivojlanish tarixi

Tayyorladi: S.SH.Qahhorov


Raxbar: N.S.Abduxalilova
Toshkent 2023


Fitopreparatlarni rivojlanish tarixi
Reja
      1. Kirish

1.1 Fanning tarixi

1.2 Fanning maqsad va vazifalari

      1. Adabiyotlar sharhi

2.1 Galen preparatlarining tarixi.

2.2 Nastoykalar haqida umumiy tushuncha

2.3 Suyuq ekstraktlar xaqida umumiy tushuncha

2.4 Quyuq va quruq ekstraktlar xaqida umumiy tushuncha

2.5 Moyli ekstraktlar, ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha

2.6 Novogalen preparatlari xaqida umumiy tushuncha

      1. Tajriba qismi

    1. Biofaol moddalarni ajratish.

    2. Ajratib olingan moddalarni tozalash.

    3. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.

      1. Xulosa

      2. Adabiyotlar ro’yxati




1.1 Fanning tarixi

Tabiatda birinchi paydo bo’lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrofmuxitdagi o’simliklardan topgan. Tabobat paydo bo’lgandan boshlab odamlar dorivor o’simliklarni turli xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizikkimyoviy usullar rivojlana boshlashi bilan o’simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba‘zi o’simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari o’simlik tarkibida moddalarning xar xil sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi. Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o’simliklar kimyosini va o’simliklardan olinadigan dorivor maxsulotlarni analiz qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o’rgatadi. Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko’p bosqichlidir. O’simlik tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o’simlik xom ashyosini sifatini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi. Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va og’ir kasalliklarni davolash uchun o’simliklardan tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu o’simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo’lgan qismlaridan - ya‘ni ba‘zi o’simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa er ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug’, po’stloq yoki o’t o’simliklarning butunlay er ustki qismi-o’ti) foydalaniladi. Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir. Chunki kimyo fanining ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko’plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo’li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor preparatlarning 40% ga yaqini o’simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko’proq ishlatish rejalashtirilmoqda. Dorivor o’simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo’lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yo’li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o’zgarishlarni yuzaga keltirishidir. Shunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o’z navbatida fanning axamiyatini yanada ortishiga olib keladi.

Download 239.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling