Farmarsevtik texnologiya


Download 239.97 Kb.
bet4/13
Sana25.02.2023
Hajmi239.97 Kb.
#1228499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FARMATSEVTIK 2

Adabiyotlar sharhi
2.1 Galen preparatlarining tarixi.
Galen preparatlarining umumiy tushuncha.Bu guruh preparatlariga ekstraktlar, nastoykalar, o‘ta tozalangan (novogalen) preparatlar, fitonsidlar, biogen stimulyatorlar, yangi yig‘ib olingan o‘simliklardan tayyorlanadigan, xayvon organlaridan olinadigan preparatlar kiradi. Bularga eramizdan oldin 201—131 yillarda Rimda yashab ijod etgan shifokor va dorishunos olim: Klavdiy Galen asos solganligi uchun Galen preparatlari deyiladi. Uning ta’limotiga binoan, o‘simlik va hayvon xom ashyolarida ta’sir etuvchi moddalardan tashqari, keraksiz yot moddadar ham bo‘lganligi sababli ulardan ajratma olish lozimligi ta’kidlangan. Bu fikr o‘z davrining katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. Bu ta’limotni keyinchalik tibbiyot ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino rivojlantirdi va davom ettirdi. Amaliyotda bu guruh preparatlarini olish usullari va ishlatiladigan ajratuvchilar u davrdagidan butunlay farq qiladi, lekin ularni olishda Galen ta’limotiga amal qilinganligi uchun ularning nomi shartli ravishda saqlanib qolgan. Fitopreparatlar yoki kimyofarmatsevtika preparatlari deb ham yuritiladi. Klavdiy Galen fitopreparatlarni o‘simliklardan vino, o‘simlik moylari, asal, yog‘lar yordamida ajratib olgan.
2.2 Nastoykalar haqida umumiy tushuncha
1.2.Nastoykalar.Nastoyka - Paratsels (1495—1541) tomonidan tibbiyotga kiritilgan bo‘lib, xozirgacha o‘z o‘rniga ega 1650 yilda fiziolog, anatom Fransisk Silvius tinchlantiruvchi, o‘ziga ishonch va jasoratni oshiruvchi vosita sifatida archa mevalaridan nastoyka olgan va ularni urush vaqtida gollandiyalik xarbiylarga dushman oldidagi qo‘rqinchni engish uchun berilgan.
Qalampir yalpiz nastoykasi qadimdan ma’lum bo‘lib, u ishtaxa ochuvchi, ovqat xazm bo‘lish jarayonini yaxshilovchi, tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlatilgan. Rossiyalik qirollar urushga ketayotganda o‘zlari bilan uni olganlar.
O‘simliklardan tayyorlangan preparatlarga xozir xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish ortib bormoqda.
Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘ladi (yurak glikozidlari, steoritlar, antraxinon, pektin, fenol va x.k.). Sanoat miqiyosida ular sun’iy usulda olinmaydi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma’lum biofaol moddalar borligidadir. Ular tanada oson zararsizlantiriladi, shuning uchun zaxarli hisoblanmaydi. Modda almashish jarayonida faol ishtirok etadi, allnrgenlik xususiyati sun’iy preparatlarnikidan bir necha marotaba kam bo‘ladi. Bu xossasi xozirgi vaqtda allergiya kassalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir. Shunga qaramay fitopreparatlar ishlab chiqarish o‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.

Download 239.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling