1.2. Fanning maqsad va vazifalari
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo’lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o’simliklarni o’rganish. Shu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi, xamda asosiy ta‘sir etuvchi biologik faol moddalarning yig’iladigan organlari va vaqti aniqlanadi.
O’simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqarish xamda ularning texnologiyalarini yaratish.
Dorivor maxsulotlarga normativ-texnik xujjatlarni (NTX) tuzish. Buning uchun dorivor maxsulotlarning chinligini, sifatli xamda biolgik faol moddalarini aniqlash usullarini mukammallashtirish, qayta ko’rib chiqish yoki yangi usullar yaratish.
Fitopreparatlar va dorivor o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi dorivor o’simliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish. Shu maqsadda xalq orasida va an‘anaviy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklarni xamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklarning boshqa turlarini o’rganishni tashkil qilish.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fanini farmatsevtika institutlarida o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. Bu fan quyidagi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Bularga organik va noorganik kimyo, dori turlari texnologiyasi, galen preparatlari, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari, botanika, o’simliklar to’qimalari biotexnologiyasi, analitik va fizik, kolloid kimyo, biokimyo va farmakalogiya fanlari kiradi. Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari qismlaridan tashkil topgan. Nazariy qismida bu fanning axamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor o’simliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini, texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), analiz qilishning umumiy usullarini o’rganadi. Institut laboratoriyalarida o’tkaziladigan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarda dorivor maxsulotlarni NTX (NTD) buyicha analiz qilishni, ulardan olinadigan preparatlarni jarayonlari texnologiyasi, xamda ularda ishlatiladigan apparatlar o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |