Power Point dasturi Microsoft Оffice dasturlar to`plamiga kiruvchi dastur hisoblanib, taqdimot yaratish va namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bu dastur o`zida matnlar (so`zlar), rasmlar, animatsiya effektlari, ovoz, videokliplar va h.k.lardan iborat bo`lgan slaydlar hosil qilish imkoniyatini beradi.1
Prezentatsiya (Taqdimot) deb, ixtiyoriy soha bo`yicha ilgari surilgan fikrning himoyasida ishlatiladigan ko`rgazmalar va tushuntirishlarga, yangi ishlab chiqilgan mahsulot bilan tanishtirishga aytiladi. Prezentatsiyaga misol sifatida diplom himoyasini, reklama roligini, biznes-plan himoyasini va hokazolarni ko`rish mumkin.
Taqdimot keng ma`noda qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda konferentsiyalar prezentatsiya sifatida o`tkazilmoqda.
Taqdimot tayyorlash uchun tanlab olingan mavzu bo`yicha material to`planadi va shu materiallar asosida Kompyuterda tayyorlanadi hamda keng ekranda ko`rsatish uchun videoproyektordan foydalaniladi.
Taqdimotni Kompyuterda tayyorlashda Microsoft Power Point dasturini ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |